Davlat | Olib kirish taʼqiqlangan tovarlar | Alohida tovarlar uchun qoidalar |
Аmerika qoʻshma shtatlari |
Olib kirish taqiqlangan: - absent; - likyorli konfetlar; - narkotiklar; - xavfli dori-darmonlar; - hukumatga qarshi, targʻib qiluvchi va aygʻoqchiliklik materiallari; - pornografiya har qanday koʻrinishda (videokassetalar, jurnallar, fotosuratlar, slaydlar va b.); - lotereya chiptalari; - zaharli va zaharlovchi moddalar, qalamtarosh (agar u bir qoʻlli yoʻlovchiga tegishli boʻlmasa), umuman, xavfli boʻlgan hamma narsa. |
Spirtli ichimliklar va sigaretlar: Voyaga yetgan (21 yoshga toʻlgan) va AQSH norezidenti maqomiga ega chet el fuqarosiga mamlakatga bojxona toʻlovisiz 1 litrdan ortiq boʻlmagan alkogol ichimligini olib kirish mumkin, bu nafaqat oʻtkir spirtli ichimliklar, balki pivo, vino, likyorlarga ham tegishli. Belgilangan meʼyordan ortiq olib kiriladigan ichimliklar soliqqa tortiladi. Biroq, AQSH hududida federal qonunlardan tashqari, shtatlarning qonunlari ham amal qiladi va baʼzi hollarda ular nisbatan qattiqqoʻl boʻlishi mumkin. Masalan, Texasda bojsiz olib kirish kvotalari Nyu Yorkdagiga nisbatan kamroq, u yerda hatto ikkita yarim litrlik pivo butilkasini olib kirishga ham ruxsat berilmaydi. |
Birlashgan Arab Amirliklari |
Olib kirish qatʼiyan taqiqlangan: narkotiklarning barcha turlari, buning uchun mahalliy qonunchilik tomonidan oʻlim jazosigacha boʻlgan ogʻir jazo berish koʻzda tutilgan. Shuningdek mamlakatga oʻqotar qurollar, fil suyagi va undan yasalgan mahsulotlar, ov qushlarini olib kirish taqiqlangan. Taqiqlov erotik va pornografik, zoʻravonlik mazmundagi hamda islomni kamsitib, Isroilni madh etuvchi, doʻstona mamlakatlarga nisbatan haddan ortiq tanqid, shuningdek BAA ni boshqaruvchi oilalarga nisbatan tanqid ruhidagi har qanday materiallarga ham tegishli. |
Spirtli ichimliklar va sigaretlar: Bojxona qoidalariga binoan, BAAga bir voyaga yetgan kishi hisobidan 2000 dona sigaret yoki 400 dona sigara, yoki 2 kg tamaki, zarur miqdorda parfyumeriya mahsulotlari olib kirish mumkin. Bundan tashqari, musulmon diniga mansub boʻlmagan voyaga yetgan shaxs oʻzi bilan 2 litr oʻtkir spirtli ichimlik va 2 litr vino olib kirishga haqli. Bosma va video mahsulotlar senzura maqsadida va axloq meʼyorlariga muvofiqligi jihatdan tekshirish uchun talab qilinishi mumkin. |
Buyuk Britaniya | harbiy anjom , portlovchi moddalar, oʻq otish quroli , litsenziyalanmagan dori-darmonlar, pornografik materiallar, qalbaki mahsulot, shuningdek, goʻsht, baliq, asal, tuxum, sut va hayvonlardan olinadigan boshqa mahsulotlar. |
Спиртли ичимликлар ва сигаретлар: ЕИга аъзо бўлмаган мамлакатдан Буюк Британияга божсиз олиб кириш мумкин: - 200 дона сигарет ёки 100 дона сигарилл ёхуд 50 дона сигара, ёки 225 г тамаки; - 22 даражадан юқори бўлган ўткир спиртли ичимликлар - 1 л ёки таркибида 22 даражагача спирт бўлган вино ва ликёрлар - 2 л.; - 16 л. пиво; - 4 л. оддий вино; 2. Заргарлик буюмлари. Шахсий нарсалар, шунингдек, заргарлик буюмлари, қимматбаҳо буюмлар ва қиймати 4000 евродан ортиқ бўлган буюмлар декларацияланиши лозим. 3. Автомобиллар ва бензин. Транспорт воситасини шахсий фойдаланиш учун 6 ойдан ортиқ бўлмаган муддатга олиб киришда С110 божхона формасини тўлдириш ва бир нусхасини ўзида қолдириб, почта орқали солиқлардан озод этиш Бюросига (National Import Reliefs Unit) юбориш лозим. Буюк Британияга шахсий самолёти ёки яхтасида келадиган чет элликлар 390 ёки 270 ф.ст. миқдоридаги товарларни божсиз олиб кириши мумкин. |
Germaniya |
Olib kirish taqiqlangan: - litsenzyasi yoʻq meditsina preparatlari , geroin, morfiy, kokain, amfetaminlar, barbituratlar, LSD va gashish kabi narkotik vositalar; - pichoqlar, xanjarlar, kastetlar, teleskopik toʻqmoqlar va shu kabi sovuq qurollar; - tovar belgilari egalarining huquqlarini buzuvchi soxta tovarlar, masalan, soatlaryoki litsenziyalanmagan dasturli kompakt-disklar; - YEH mamlakatlaridan tashqarida ishlab chiqarilgan goʻsht, baliq mahsulotlari, tuxumlar, asal, ayrim hollar bundan mustasno.
Germaniyaga olib kirish cheklangan narsalar: - tirik hayvonlar (Germaniya hududiga hayvonlarni olib kirish tartibi maxsus qoidalar bilan belgilangan); - moʻyna, fil suyagi, teri, hayvonlar va qushlarning tulumlari; - oʻsimliklar, loʻchatlar, urugʻlar va piyozboshlar; - uzun toʻlqinli radioperedatchiklar. |
Spirtli ichimliklar va sigaretlar. 17 yoshgacha boʻlgan shaxslarga tamaki va alkogol olib kirish taqiqlangan. Bojsiz olib kirish mumkin: - 200 dona sigaret yoki 50 dona sigara, yoki 250 g tamaki; - oʻtkirligi 22 gradusdan ortiq boʻlgan 1 l alkogolli ichimlik yoki 2 l shampan vinosi yoki likyor, 2 l vino. Oʻqotar qurol, portlovchi moddalar va oʻq-dorilar, shu jumladan elektroshokerlar va gaz ballonchalari (faqat maxsus ruxsatnomalar bilan). Avtomobilda harakatlanganda zahiradagi kanistrada 10 l dan ortiq boʻlmagan benzin olib oʻtish tavsiya qilinadi. Mamlakat hududida boʻlish vaqtida avtomobil va bagajga nisbatan bojxona rejimi amal qiladi, bu ularni sotish, ijaraga berish yoki garovga qoʻyish, ulardan daromad olish uchun foydalanishga ruxsat berilmasligini anglatadi. Germaniyaga litsenziyasi bor dori preparatlarini olib kirishga ruxsat beriladi. 500 g kofe, 100 g choyni bojsiz olib kirish mumkin. Bolalar ozuqasi va meditsina maqsadlarida foydalaniladigan maxsus oziq-ovqat mahsulotlarini olib kirishga ruxsat berilgan. |
Koreya Respublikasi |
Olib kirish/chiqish taqiqlangan: - tangalar; - Koreya Respublikasi konstitutsiyasi tomonidan “jamoat xavsizligiga tahdid soluvchi” deb talqin qilingan bosma va boshqa materiallar; - narkotiklar va psixotrop moddalar; - hayvonlardan olingan tibbiyot preparatlari, jumladan ayiq oʻti va mushk; - oʻsimliklardan olingan tibbiyot preparatlari, jumladan turli ildizlar va b.; - zsimliklar, mevalar va sabzavotlar, shuningdek qishloq xoʻjalik va oʻrmonchilik mahsulotlari (maxsus ruxsatnomasiz). - Qurol-yarogʻ, oʻq-dorilar, portlovchi va zaharli moddalarni olib kirish/olib chiqish taqiqlangan. - Badiiy va madaniy-tarixiy boyliklar. Antikvar buyumlar, shuningdek madaniy yodgorliklar sirasiga kiritilgan (maxsus ruxsatsiz) tovarlarni olib kirish/chiqish taqiqlangan. |
Quyidagi olib kirilayotgan tovarlar uchun boj toʻlanadi: alkogolli ichimliklar (1 l gacha boʻlgan 1 butilkadan ortiq), tamaki mahsulotlari: sigaret 200 donadan ortiq, sigara 50 donadan ortiq yoki tamaki 250 g dan ortiq miqdorda. Shaxsiy foydalanish uchun va keyinchalik olib chiqib ketiladigan zargarlik mahsulotlari va qimmatbaho soatlarni olib kirishda deklaratsiyada koʻrsatish zarur. 10 ming AQSH dollariga ekvivalent miqdordan ortiq boʻlmagan pul mablagʻlarini deklaratsiyada koʻrsatmasdan olib kirish va olib chiqishga ruxsat berilgan. Shaxsiy foydalanish uchun zarur boʻlgan va keyinchalik olib chiqib ketiladigan fotouskunalar, moʻynalar va boshqa qimmatbaho buyumlarni olib kirishda deklaratsiyada koʻrsatish zarur. 60 ml dan ortiq atir uchun boj toʻlanadi. |
Malayziya | Narkotik vositalar va preparatlarning noqonuniy olib oʻtilishiga oʻlim jazosi beriladi. |
Malayziyaga bojsiz olib kirish mumkin: 200 dona sigaret yoki 50 dona sigara, yoki225 g tamaki; oʻtkir spirtli ichimliklar - 1 l, vino i likyorlar - 1 l. Deklaratsiya toʻldirmasdan 10 000 AQSH dollaridan oshmagan miqdorga ekvivalent boʻlgan valyutani olib kirish/olib chiqish mumkin. Tegishli ruxsatnomasi boʻlgan qurol-yarogʻ, badiiy va madaniy-tarixiy boyliklar, sanʼat buyumlari olib kirish va olib chiqishda bojxona nazoratidan oʻtkazilishi lozim. Bir shaxsga bir nomdan ortiq boʻlmagan elektr, audio-videoapparaturalar olib kirilishiga ruxsat beriladi. |
Singapur |
Olib kirish taqiqlangan: - saqich (tibbiyotda ishlatiladigan saqich bundan mustasno); - chaynaladigan tamaki; - toʻpponcha va revolver shaklidagi zajigalka; - narkotik i psixotrop moddalar; - jonli tabiatning yoʻqolish xavfi ostida boʻlgan maʼlum obyektlari va ularning ikkilamchi mahsulotlari; - feyerverklar; - pornografik nashrlar, video- va audio yozuvlar, kompyuter dasturlari; - nashrlar, video yozuvlar, video kompakt disklar, lazer disklar, yozuvlar va kassetalardan mualliflik huquqini buzgan holda olingan nusxalar; - hukumatga qarshi mazmundagi , isyonkorlik ruhidagi materiallar. Yuqorida nomlari sanab oʻtilganlardan birortasini Singapurga olib kirishga harakat qilish jinoiy jazoga tortiladi. |
18 yoshdan oshgan shaxslarga Singapur hududiga shaxsiy ehtiyojlar uchun boj toʻlovlarisiz 1 l oʻtkir alkogolli ichimliklar (brendi, viski, djin, rom, aroq), 1 litr vino i 1 litr pivo (el, spraut, porter) olib kirish huquqi berilgan. Biroq, bu imtiyoz Singapurga Malayziyadan kiradigan shaxslarga berilmaydi, shuningdek Singapurdan tashqarida 48 soatdan kam vaqt boʻlgan shaxslarga alkogol olib kirish taqiqlangan. Oʻqotar qurollar, portlovchi moddalar, zirhli kiyim-bosh, oʻyinchoq miltiqlar, toʻpponcha va revolverlar, sovuq qurollar, nayzalar va qilichlar (olib kirish uchun Singapur politsiya boshqarmasining maxsus ruxsatnomasi talab qilinadi). Naqd pul yoki umumiy miqdori 30 ming singapur dollari (yoki xorijiy valyutadagi ekvivalenti) va undan ortiq miqdorda taqdim etuvchi shaxs nomiga berilgan oborot hujjatlariga ega boʻlgan Singapurga kirib keladigan va Singapurdan chiqib ketadigan shaxslar, bojxona nazoratidan oʻtayotganda tegishli deklaratsiyani taqdim etishlari shart. Ushbu qoidaga amal qilmagan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortiladi va 50 ming singapur dollari miqdorida jarima toʻlash yoki 3 yildan oshmagan muddatga qamoq jazosiga hukm qilinadilar. Filmlar, video yozuvlar, video oʻyinlar, nashrlar va audio yozuvlar (olib kirish uchun OAVni rivojlantirish boshqarmasining maxsus ruxsatnomasi talab qilinadi). Farmatsevtik preparatlar, dori-darmonlar, zaharlar (olib kirish uchun Singapur tibbiy-sanitar boshqarmasining maxsus ruxsatnomasi talab qilinadi). Radio va tele uskunalar, ratsiyalar (olib kirish uchun Singapur Axborot-kommunikatsiya boshqarmasining maxsus ruxsatnomasi talab qilinadi). |
Turkiya | Qurol-yarogʻ va oʻq-dorilarni, narkotiklar, tarkibida yuqori dozada narkotik vositalar boʻlgan dori-darmonlarni olib kirish va olib chiqish taqiqlangan. |
Spirtli ichimliklar va sigaretlar: Bojsiz olib kirish mumkin: 20 quti sigaret, yoki 50 dona sigara yoki 200 g tamaki,5 l alkogolli ichimlik. Zargarlik mahsulotlari va qimmatbaho buyumlarni deklaratsiyada koʻrsatish zarur. Maishiy texnikani shaxsiy ehtiyojlar uchun zarur buyumlardan tashqari, olib kirish mumkin: ikkita fotoapparat, portativ radiopriyomnik, yozuv mashinkasi, kinokamera. Videomagnitofonlar, televizorlarni deklaratsiyada koʻrsatish zarur. Xorijiy va milliy valyutani olib kirish cheklanmagan (5000 AQSH dollaridan ortiq miqdorda boʻlsa, deklaratsiyada koʻrsatish shart). Turk lirasini 1000 AQSH dollariga ekvivalent miqdorda olib chiqish mumkin. Narxi 200 AQSH dollaridan ortiq boʻlmagan sovgʻalar, shaxsiy ehtiyojlar doirasida kosmetik vositalar, atir-upalar, oziq-ovqat mahsulotlarini olib oʻtish mumkin. |
Fransiya |
Olib kirish taqiqlanadi: -qalbakilashtirilgan tovarlar; - pedofil xarakterdagi materiallar, yaʼni bolalar pornografiyasi; - asbest va tarkibida asbest boʻlgan mahsulotlar - tarkibida xavfli elementlari boʻlgan predmetlar (masalan: qoʻrgʻoshin tuzi, nikel); - oʻsimliklar, oʻsimlik va boshqa mahsulotlar (yuqori qatlamlar, urugʻlar, kultivatsiya qilinadigan tuproq); poverxnostnыye sloi, semena, kultiviruyeri maya pochva); - milliy yoki umumevropa qonun hujjatlari bilan taqiqlangan hayvonlardan olingan mahsulotlar. |
Sigaretalar. 200 dona sigareta yoki 100 dona sigarill, yoxud 50 dona sigara yoki chekish uchun 250 g tabak. Oʻrnatilgan meʼyorlardan birortasi oshganda tovarni olib oʻtish huquqidan foydalanganligi uchun belgilangan miqdordagi pul yoki jarimani toʻlashi yoki olib oʻtilayotgan tovardan voz kechishi va jarima toʻlashi kerak boʻladi. Sigareta va spirtli ichimliklarni 17 yoshga toʻlgan shaxslargina olib oʻtishlari mumkin. Spirtli ichimliklar. 4 l – vino, 16 l – pivo. Oʻtkirligi 22 darajadan yuqori boʻlgan spirtli ichimliklar – 1 l. Oʻtkirligi 22 darajadan past boʻlgan spirtli ichimliklar – 2 l. Toza etil spirti asosidagi oʻtkirligi 80 darajadan yuqori boʻlgan ichimliklar – 1l. Zargarlik buyumlarini olib oʻtishda kumush, oltin va ularning qotishmasi, shuningdek, qimmatbaho metallarning qoldiqlari, kumush va oltin tangalardan 7,5 % miqdorida boj undirilishini nazarda tutish lozim. Olib oʻtilayotgan buyum qiymati 5000 yevrodan oshgan hollarda uning qiymatidan 4,5 % yigʻim undiriladi. Ushbu qiymatdagi kolleksiya olib oʻtilayotganda soliq kolleksiyaning umumiy qiymatidan olinadi. 5. . Qurol-yarogʻ va oʻq-dorilar. 4 toifadagi qurollar mavjud: A toifa: sotib olinishi va saqlanishi taqiqlangan harbiy jihozlar (uskunalar) va qurol-yarogʻ (A1) hamda harbiy jihozlarga (uskunalarga) tegishli boʻlgan shaxsan olib yurish va harbiy harakatlar uchun moʻljallangan qurol-yarogʻ (oʻq otar qurol), (boyevыx) jangovar zaharlovchi moddalardan himoya qilish uchun moʻljallangan aslaha-anjom (A2). V toifa: sotib olish va saqlash uchun ruxsatnoma talab qiladigan qurol-yarogʻ; S toifa: sotib olish va saqlash uchun maxsus deklaratsiya boʻlishini talab qiladigan qurol-yarogʻ; D toifa: qayd qilinshini talab qiluvchi qurol-yarogʻ va bemalol foydalanish mumkin boʻlgan (oborudovaniye) uskuna (jihoz) Fransiya hududiga qurol-yarogʻ olib kirish boʻyicha batafsilroq maʼlumot Bojxona bosh boshqarmasi saytida berilgan: Tarixiy qurol-yarogʻ olib kirilishini nazorat qilish Burj shahrining Texnik boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi. Olib kirishda predmet texnik analizga yuboriladi, undan oʻtkazilgandan soʻng qurol –yarogʻ bojxona chegarasidan oʻtkaziladi. |