Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Funksiyalari va vazifalari
202

Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boʻlimining vazifalari

Quyidagilar boʻlim faoliyatining asosiy vazifalari hisoblanadi:

aholi bilan ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyishning samarali mexanizmlari va usullarini joriy etish, jismoniy va yuridik shaxslarning davlat bojxona xizmati organlari faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni izlash, olish va tarqatishga doir huquqlarini taʼminlashga qaratilgan normalari ijrosini soʻzsiz va sifatli taʼminlash;

DBQ rahbariyati tomonidan zamonaviy talablarga muvofiq belgilanadigan axborot siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda ishtirok etish;

axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish borasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati, davlat va xoʻjalik boshqaruvi boshqa organlarining axborot xizmatlari, ommaviy axborot vositalari tahririyatlari, jamoat birlashmalari bilan samarali va amaliy hamkorlikni taʼminlash hamda bu boʻyicha tegishli kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

DBQ faoliyati, uning faoliyat sohasiga doir normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida keng jamoatchilikni xolisona, sifatli va tezkor xabardor qilish;

ommaviy axborot vositalari bilan oʻzaro hamkorlik qilish, axborot xizmati bilan doimiy hamkorlikda ishlaydigan jurnalistlar doirasini shakllantirish, axborot xabarlarini (matbuot uchun axborotlar, byulletenlar va shu kabilarni) tarqatish, ommaviy axborot vositalari soʻrovi asosida ularga ogʻzaki, yozma va elektron shaklda axborot taqdim etish;

ommaviy tadbirlarni, shu jumladan, DBQ rahbarlari va mansabdor shaxslari ishtirokidagi tadbirlar (majlislar, yigʻilishlar, uchrashuvlar, matbuot anjumanlari, brifinglar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqalar)ni tashkil etish;

qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, sotsial va ijtimoiy ahamiyatga molik muhim dasturlar, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish yuzasidan ishlab chiqilgan Davlat dasturida nazarda tutilgan bojxona xizmati organlari faoliyatiga doir vazifalar ijrosi haqida keng jamoatchilikni xabardor qilib boradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi rasmiy veb-saytining samarali faoliyatini tashkil etish, unga doimiy ravishda axborot materiallarini joylashtirish hamda bojxona organlari tarkibiy tuzilmalariga tegishli boshqa veb-resurslarini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;

axborotni DBQning rasmiy veb-saytida tezkor joylashtirish va oʻz vaqtida yangilab borish, Internet tarmogʻidagi veb-resurslarni, shu jumladan, ijtimoiy va mobil tarmoqlarni rivojlantirish;

axborot maydoni monitoringini olib borish va tahlil qilish, notoʻgʻri xabar yoki bojxona organlari obroʻsiga putur yetkazuvchi materiallarga zudlik bilan munosabat bildirishning turlari, usullari va darajasi boʻyicha ekspertlar bilan birgalikda takliflar tayyorlash, ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, Internet tarmogʻida materiallar tarqatish boʻyicha kompleks ishlarni tashkil etish;

Oʻzbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalari muxbirlarini DBQ va uning hududiy boshqarmalari huzurida akkreditatsiya qilinishiga doir faoliyatni muvofiqlashtirib borish;

DBQ tarkibiy tuzilmalari bilan birgalikda milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida tarqatish uchun xabar, axborot-maʼlumot tusidagi materiallar, sharhlar va axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;

idora faoliyatiga nisbatan jamoatchilik fikrining holatini hamda milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari pozitsiyasini oʻrganishga doir tahliliy ishlarni amalga oshirish va ular toʻgʻrisida DBQ rahbariyatiga axborot berish;

DBQ rahbariyatiga bojxona organlari faoliyatida oshkoralik, shaffoflik va ochiqlikni taʼminlash ahvoli yuzasidan hisobot taqdim etish;

ommaviy axborot vositalari bilan axborot-maʼlumotnoma ishlarini amalga oshirish uchun DBQ faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha tahliliy va statistik matnlar, foto, audio, videomateriallar va boshqa maʼlumotlarning tizimlashtirilgan maʼlumotlar bazasi tashkil etilishi va yuritilishini taʼminlash;

davlat bojxona xizmati organlari mansabdor shaxslarining fuqarolik jamiyati institutlari va jamoatchilik vakillari bilan uchrashuv va brifinglarini, iqtisodiy xavfsizlikni taʼminlash, kontrabanda va bojxona qoidabuzarliklarining oldini olish va mamlakatda tashqi iqtisodiy faoliyatni qoʻllab-quvvatlash masalalari boʻyicha fuqarolar bilan ochiq, toʻgʻridan-toʻgʻri muloqotlarini tashkil etish;

tadbirkorlik va turizmni faol rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida olib borilayotgan chora-tadbirlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritish;

eksportni rivojlantirish, mahalliy mahsulotlar va xizmatlarni tashqi bozorlarga olib chiqishda tadbirkorlarga yaqindan koʻmak koʻrsatish maqsadida bojxona organlarining tegishli tarkibiy tuzilmalari hamda vakolatli idoralar bilan hamkorlikda tadbirkorlar oʻrtasida oʻtkaziladigan seminarlar va davra suhbatlari yuzasidan reportajlar tayyorlash;

huquqbuzarliklar profilaktikasi, iqtisodiy xavfsizlikni taʼminlash, tashqi iqtisodiy faoliyatni qoʻllab-quvvatlash hamda kontrabanda va bojxona qoidabuzarliklariga qarshi kurashish sohasidagi bojxona organlari faoliyati toʻgʻrisida aholiga oʻz vaqtida va ishonchli axborot yetkazish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar koʻrish va zarur shart-sharoitlar yaratish;

axborotdan foydalanuvchilarning bojxona organlari faoliyati toʻgʻrisidagi axborotdan moneliksiz foydalanishini taʼminlashga doir faoliyatini muvofiqlashtirish;

hududiy bojxona organlarining jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar guruhlari faoliyatiga tashkiliy-uslubiy yordam koʻrsatish, ular faoliyatini tahlil va monitoring qilish hamda ularning natijalari boʻyicha tavsiya va uslubiy qoʻllanmalar ishlab chiqish;

“Bojxona tarixi” muzeyi faoliyatini ilmiy-metodik jihatdan tashkil etish, milliy bojxona tizimi tarixi va faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan tarixiy, madaniy, ilmiy asarlar va maʼlumotlarni jamlash;

DBQ Axborot-kutubxonasi ishini tashkil etish, uning fondini sohaga oid ilmiy-uslubiy, badiiy va boshqa adabiyotlar bilan doimiy toʻldirib borish, ularni saqlash va umumiy ravishda foydalanishni tashkil etish, kutubxona ishiga zamonaviy texnologiyalarini joriy etish.

Boʻlim qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshiradi.

26.02.2018

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing