Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Bojxona organlarining faoliyati toʻgʻrisidagi cheklangan axborotlar
444

Bojxona organlarining faoliyati toʻgʻrisidagi cheklangan axborotlar roʻyxati

Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatiga doir foydalanilishi cheklangan maʼlumotlar roʻyxatiga kiradi:

1. Davlat bojxona xizmati organlari xodimlari shaxsiy maʼlumotlari;

2. Davlat bojxona xizmati organlari shtatlar taqsimoti va uning jamlanganligiga doir maʼlumotlar;

3. Davlat bojxona xizmati organlariga qabul qilish (nomzodlarni oʻrganishga doir) va xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

4. Davlat bojxona xizmati organlari xodimlarining lavozim yoʻriqnomalari boʻyicha maʼlumotlar;

5. Davlat bojxona xizmati organlari ajratilgan byudjet mablagʻlari miqdori, tarkibi hamda sarflanishi yoʻnalishlariga doir maʼlumotlar;

6. Davlat bojxona xizmati organlari tasarrufidagi moddiy va nomoddiy aktivlar miqdori haqidagi maʼlumotlar;

7. Davlat bojxona xizmati organlari tasarrufidagi obyektlar muhofazasiga doir maʼlumotlar;

8. Davlat bojxona xizmati organlarida xodimlarning xizmat vazifalarini bajarishi va xizmat intizomiga rioya etishiga doir maʼlumotlar;

9. DBQ Hayʼati hamda uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boʻyicha boshqarmalari, “Toshkent-AERO” IBK Kengashlarining konfidensial xarakterdagi maʼlumotlari;

10. Davlat bojxona xizmati organlari rahbar xodimlari huzurida oʻtkazilgan tezkor yigʻilishlarga doir maʼlumotlar;

11. Davlat bojxona xizmati organlari tezkor-qidiruv faoliyatiga doir maʼlumotlar;

12. Bojxona qonunchiligi buzilishi holatlariga aloqador shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

13. Bojxona organlariga ishonch telefoni orqali xabar bergan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;

14. Davlat byudjetiga undirilgan va undirilishi rejalashtirilgan toʻlovlar miqdori boʻyicha maʼlumotlar (rasmiy eʼlon qilingan maʼlumotlar bundan mustasno);

15. Yuridik va jismoniy shaxslarning shaxsiy va tijorat sirlarini tashkil etuvchi maʼlumotlar;

16. “Xizmatda foydalanish uchun”, “Maxfiy” va “Oʻta maxfiy” grifli hujjatlar va ularning ijrosiga doir maʼlumotlar.

Ushbu roʻyxatga kiritilmagan maʼlumotlardan foydalanishning cheklanishi DBQ va hududiy boshqarmalar rahbariyati ruxsati bilan amalga oshiriladi.

21.06.2018

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing