Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Murojaatlar shakllari va ularni koʻrib chiqish tartibi
139

Bojxona organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi

N I Z O M

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 35-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni (bundan buyon matnda qonun deb yuritiladi) hamda Vazirlar Mahkamasining “Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomni (bundan buyon matnda Namunaviy nizom deb yuritiladi) tasdiqlash haqida” 2018-yil 7-maydagi 341-son qaroriga muvofiq bojxona organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari (bundan buyon matnda murojaat deb yuritiladi) bilan ishlash tartibini belgilaydi.

Umumiy qoidalar
Qonunning 3-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlarning jismoniy va yuridik shaxslari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar davlat organlariga murojaat etish huquqiga ega.
Ushbu Nizomning amal qilishi:
koʻrib chiqish tartibi maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi, fuqarolik protsessual, jinoyat-protsessual, jinoyat-ijroiya, xoʻjalik protsessual qonun hujjatlari va boshqa qonunlar bilan belgilangan murojaatlarga;

Davlat bojxona qoʻmitasi bilan davlat organlari va muassasalari (bundan buyon matnda davlat organlari deb yuritiladi), shuningdek ularning tarkibiy boʻlinmalari va DBQ tarkibiy tuzilmalarining oʻzaro yozishmalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
ariza - huquqlarni, erkinliklarni va qonuniy manfaatlarni amalga oshirishda yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi iltimos bayon etilgan murojaat;

taklif - davlat va jamiyat faoliyatini takomillashtirishga doir tavsiyalarni oʻz ichiga olgan murojaat;

shikoyat - buzilgan huquqlarni, erkinliklarni tiklash va qonuniy manfaatlarni himoya qilish toʻgʻrisidagi talab bayon etilgan murojaat;

anonim murojaat - jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yoki yuridik shaxsning toʻliq nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilmagan yoxud ular haqida yolgʻon maʼlumotlar koʻrsatilgan, shuningdek identifikatsiya qilish imkoniyatini bermaydigan elektron murojaat yoxud imzo bilan tasdiqlanmagan yozma murojaat;

murojaatning dublikati – aynan bir jismoniy yoki yuridik shaxsning murojaati nusxasi;

takroriy murojaat - avvalgi murojaatlar boʻyicha qabul qilingan qaror yuzasidan shikoyat qilingan yoki boshqacha tarzda norozilik bildirilgan, shuningdek, agar takroriy murojaat kelib tushgan paytda koʻrib chiqishning qonun hujjatlarida belgilangan muddati tugagan boʻlsa, avvalgi murojaat oʻz vaqtida koʻrib chiqilmaganligi haqida xabar qilingan, aynan bir jismoniy yoki yuridik shaxsdan kelib tushgan murojaat;

elektron murojaat – belgilangan tartibda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida berilgan, shu jumladan davlat organining, tashkilotning rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan murojaat, real vaqt rejimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda berilgan ogʻzaki murojaatlar bundan mustasno;

ommaviy qabul – davlat organi rahbarining yoki bu borada vakolat berilgan mansabdor shaxsining jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari bilan ommaviy uchrashuvlarida murojaatlarni qabul qilishga doir harakati;

video-konferens-aloqa – uzoqda joylashgan bir nechta abonentlarning real vaqt rejimida audio va videoaxborot almashish imkoniyati bilan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda interaktiv hamkorlik qilishi;

davlat ishtirokidagi tashkilot - ustav fondida davlat ulushi mavjud boʻlgan tijorat tashkiloti yoxud toʻliq yoki qisman davlat organi tomonidan tashkil etilgan yoki taʼsis etilgan notijorat tashkiloti.

Murojaatlar ogʻzaki, yozma yoxud elektron shaklda ariza, taklif va shikoyat shaklida berilishi mumkin.
Murojaatlar, ularning shakli va turidan qatʼiy nazar, bir xil ahamiyatga ega.

Bojxona organlarining “ishonch telefoni”ga kelib tushgan murojaatlar ogʻzaki murojaat sifatida mazkur Nizomda belgilangan tartibda qayd etiladi, roʻyxatga olinadi va koʻrib chiqiladi.

DBQning rasmiy veb-sayti orqali yoki bojxona organining rasmiy elektron pochta manziliga kelib tushgan murojaatlar elektron murojaatlar tarzida qayd etiladi va ushbu Nizomda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi, Internet tarmogʻidagi Oʻzbekiston Respublikasi Hukumat portali (keyingi oʻrinlarda Hukumat portali deb ataladi) orqali kelib tushgan murojaatlar elektron murojaatlar tarzida qayd etiladi va Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 3-iyundagi 188-son qarori bilan tasdiqlangan “Internet tarmogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Hukumat portali toʻgʻrisida”gi nizom talablari asosida Nizomda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.

Ommaviy axborot vositalari tahririyatlaridan kelib tushgan murojaatlar Qonunda hamda ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda koʻrib chiqiladi.
Murojaatlar davlat tilida va boshqa tillarda berilishi mumkin.
Jismoniy va yuridik shaxslar yakka tartibda yoki jamoa boʻlib murojaat etish huquqiga ega.
Murojaatlarga qoʻyiladigan talablar
Jismoniy shaxsning murojaatida jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak.
Yuridik shaxsning murojaatida yuridik shaxsning toʻliq nomi, uning joylashgan joyi (pochta manzili) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
Jismoniy va yuridik shaxsning murojaatida davlat organining, tashkilotning aniq nomi, murojaat yuborilayotgan mansabdor shaxsning lavozimi va (yoki) familiyasi (ismi, otasining ismi) koʻrsatilgan, shuningdek murojaatning mohiyati bayon etilgan boʻlishi kerak.
Murojaatlarda murojaat etuvchining elektron pochta manzili, aloqa telefonlari va faks raqamlari koʻrsatilishi mumkin.
Murojaat etuvchilarning vakillari orqali berilgan murojaatlarga ularning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinishi kerak.
Yozma murojaat murojaat etuvchi jismoniy shaxsning imzosi yoki murojaat etuvchi yuridik shaxs vakolatli shaxsining imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim.
Jismoniy shaxsning yozma murojaatini murojaat etuvchining imzosi bilan tasdiqlash imkoni boʻlmagan taqdirda, bu murojaat uni yozib bergan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanib, uning familiyasi (ismi, otasining ismi) ham qoʻshimcha ravishda yozib qoʻyilishi kerak.

Elektron murojaat belgilangan tartibda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida berilgan, shu jumladan davlat organining, tashkilotning rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan murojaat hisoblanib, mazkur murojaatlar qonunda belgilangan talablarga muvofiq boʻlishi kerak.
Jismoniy shaxsning familiyasi (ismi, otasining ismi), uning yashash joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yoki yuridik shaxsning toʻliq nomi, uning joylashgan joyi (pochta manzili) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilmagan yoxud ular haqida yolgʻon maʼlumotlar koʻrsatilgan, shuningdek identifikatsiya qilish imkoniyatini bermaydigan elektron murojaat yoxud imzo bilan tasdiqlanmagan yozma murojaat anonim murojaat hisoblanadi.
III. Murojaatlarni qabul qilish va roʻyxatga olish tartibi

Bojxona organlarida murojaatlarni qabul qilish, roʻyxatga olish va koʻrib chiqish uchun yuborish, shuningdek uning koʻrib chiqilishini nazorat qilish bojxona organlarining murojaatlar bilan ishlash boʻlimi xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Bojxona organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash ushbu Nizomning 1-ilovasida tasdiqlangan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
18.Murojaatlar yozma yoki elektron tarzda roʻyxatga olinishi mumkin.

Ariza yoki shikoyat berishning uzrli sabablarga koʻra oʻtkazib yuborilgan muddati arizani yoki shikoyatni koʻrib chiquvchi bojxona organi tomonidan tiklanadi.

Jismoniy va yuridik shaxslar oʻz murojaatini u koʻrib chiqilguniga qadar va koʻrib chiqilayotgan paytda murojaat boʻyicha qaror qabul qilinguniga qadar yozma va elektron shaklda ariza berish yoʻli bilan chaqirib olish huquqiga ega. Bunday ariza tushgan taqdirda murojaatni koʻrib chiqish toʻxtatiladi va uch kun mobaynida murojaat bojxona organining xati bilan murojaat qiluvchiga qaytariladi.
Murojaatni chaqirib olish toʻgʻrisida ariza bojxona organlari, tomonidan qonun buzilishlarini aniqlash va bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar koʻrilishini istisno etmaydi.
Murojaatlar bilan ishlash muddatlari ular bojxona organiga kelib tushgan kundan boshlab hisoblanadi. Agar tegishli muddatning oxirgi kuni dam olish va (yoki) bayram kunlariga toʻgʻri kelsa, keyingi ish kuni muddat tugaydigan kun hisoblanadi.
Murojaatni roʻyxatdan oʻtkazishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Bojxona organlarida mansabdor shaxslar yoki bunga vakolat berilgan boshqa mansabdor shaxslarga ommaviy qabullar vaqtida tushgan va joyida hal etilgan ogʻzaki murojaatlarni roʻyxatdan oʻtkazish talab etilmaydi. Bunda jismoniy shaxsning yoki yuridik shaxs vakilining familiyasi (ismi otasining ismi), uning yashash joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, murojaatning qisqacha mazmuni, shuningdek, uni koʻrib chiqish natijasi ommaviy qabul bayonnomasida koʻrsatiladi.
Roʻyxatga olingan murojaatlar kelib tushgan paytidan boshlab bir ish kunidan kechikmay bojxona organi rahbariga yoki uning oʻrinbosarlariga kiritiladi, u masʼul tarkibiy tuzilma rahbarini belgilagan holda murojaat boʻyicha oʻzining munosabat belgisini (rezolyutsiya) qoʻyadi.
Rezolyutsiya (topshiriqnoma) qoʻyilgan paytdan boshlab ish kunining oʻzida elektron dasturga kiritilib, ijrochilarga yuboriladi. Ijrochilar elektron dastur orqali yuborilgan murojaat va rahbar topshirigʻi bilan 1 kun muddatda tanishishi hamda ijrosi uchun tegishli choralarni koʻrishi lozim.
Murojaat va rahbarning munosabat belgisi bir ish kuni mobaynida asosiy ijrochi tuzilmaga imzo qoʻydirgan holda yoki elektron dastur orqali beriladi.

Bojxona organiga kelib tushgan murojaatlar bojxona organining ish yurituviga qabul qilinishi boʻysunish tartibida bojxona organining quyi tuzilmasiga yuborilishi yoki tegishliligi boʻyicha boshqa davlat organiga yuborilishi mumkin.
Bojxona organlari vakolati doirasiga kirmaydigan masalalar boʻyicha kelgan murojaatlar besh kun muddatdan kechiktirilmay tegishli davlat organlariga DBQ markaziy apparati tarkibiy tuzilmalari yoki hududiy boshqarmalar rahbarlari tomonidan imzolangan xat bilan yuboriladi hamda bu haqda murojaat qiluvchiga yozma yoxud elektron shaklda xabar qilinadi.
Murojaatni koʻrib chiqish uchun asossiz ravishda boshqa davlat organlariga oʻtkazish yoxud qarorlari yoki harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilinayotgan organlarga yoki mansabdor shaxslarga yuborish taqiqlanadi.
Agar murojaatlarda ularni tegishli organlarga yuborish uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar mavjud boʻlmasa, u holda ular besh kun muddatdan kechiktirmay asoslantirilgan tushuntirish bilan murojaat qiluvchiga qaytariladi.
Quyi organ tomonidan koʻrib chiqilishi kerak boʻlgan murojaatlar kelib tushgan kunidan boshlab besh kun muddatdan kechiktirmay xat bilan yoki bojxona organining rahbari tomonidan imzolangan topshiriq bilan birga yuborilishi, bu haqda murojaat qiluvchiga yozma yoxud elektron shaklda xabar berilishi kerak.
Agar murojaatda bir nechta tarkibiy tuzilmalarning vakolat doirasiga taalluqli masalalar boʻlsa, ijrochilar orasida birinchi boʻlib qayd etilgan tarkibiy tuzilma boshligʻi asosiy ijrochi hisoblanib, ham ijrochi tarkibiy tuzilmalar tomonidan kerakli boʻlgan barcha maʼlumotlar unga taqdim etiladi. Olingan maʼlumotlar ham ijrochilar bilan birgalikda tahlil qilinib, natijasi boʻyicha batafsil javob xati yuborilishini taʼminlaydi.

Murojaatni toʻliq, xolisona va oʻz vaqtida koʻrib chiqish uchun qoʻshimcha maʼlumotlar va materiallarga zarurat paydo boʻlgan taqdirda, mazkur murojaatni koʻrib chiqayotgan ijrochi murojaat etgan jismoniy yoki yuridik shaxsdan, shuningdek oʻz vakolatlari doirasida boshqa davlat organlaridan qoʻshimcha axborotni soʻrab olishi mumkin.
Agar axborot davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan boʻlmasa, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga, jamiyat va davlat manfaatlariga zarar yetkazmasa, bojxona organlari va ularning mansabdor shaxslari oʻzlaridan soʻralayotgan axborotni oʻn kun ichida taqdim etishi shart.

Agar murojaatni koʻrib chiqish jarayonida murojaatning dublikati kelib tushsa, ushbu murojaat avval tushgan murojaat bilan birgalikda koʻrib chiqiladi va natijasi boʻyicha yagona javob beriladi.
Shuningdek, murojaatning dublikati murojaat koʻrib chiqilganidan va javob yuborilganidan keyin kelib tushsa, bu haqda bojxona organi mansabdor shaxslari murojaat etuvchini yozma tartibda xabardor qiladi.

Murojaatni murojaat qilgan yoki boshqa shaxsning ishtirokisiz koʻrib chiqishning imkoniyati boʻlmaganda, ular bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan chaqirilishi mumkin. Chaqirilgan murojaat qiluvchi kelmagan taqdirda bojxona organi mansabdor shaxsi murojaatni uning ishtirokisiz koʻrib chiqish mumkin emasligi toʻgʻrisida javob yuboradi.
Agar murojaatda joyning oʻzida oʻrganishni talab etuvchi holat bayon qilingan boʻlsa, shuningdek boshqa zarur hollarda murojaatni koʻrib chiquvchi bojxona organi murojaatni joyning oʻzida koʻrib chiqishni taʼminlashi mumkin. Murojaatni joyning oʻzida koʻrib chiqish bojxona organi rahbarin ing topshirigʻi yoki uning roziligi bilan amalga oshiriladi.
Agar murojaatda oʻrtaga qoʻyilgan masalalar xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatiga daxldor boʻlsa, ularning vakillari murojaatni koʻrib chiqishda ishtirok etish uchun bojxona organi tomonidan oʻz vakolatlari doirasida jalb etiladi.
Zarur hollarda murojaatlarni koʻrib chiqish uchun bojxona organlari tomonidan tegishli mutaxassislar jalb etilishi mumkin.

Murojaatni koʻrib chiqayotgan bojxona organlari va ularning mansabdor shaxslari oʻz tashabbusiga koʻra yoxud murojaat etuvchining iltimosiga koʻra uni eshitishni tashkil etishi mumkin.
Bojxona organlari va ularning mansabdor shaxslari murojaat etuvchiga murojaatda koʻtarilgan masalalar boʻyicha oʻz fikrini bildirish va murojaat boʻyicha qoʻshimcha axborot taqdim etish imkoniyatini beradi.

Zarur hollarda murojaat etuvchini eshitishga ekspertlarni, mutaxassislarni va manfaatdor tashkilotlarning vakillarini jalb etishi mumkin.

Bojxona organlari mansabdor shaxslariga kelib tushgan va mazmunan hal etishi shart boʻlgan ariza yoki shikoyatlar oʻn besh kun mobaynida, qoʻshimcha oʻrganish va (yoki) tekshirish, qoʻshimcha hujjatlarni soʻrab olish talab etilganda bir oygacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqiladi.
Ariza va shikoyatlarni koʻrib chiqish uchun tekshirish oʻtkazish, qoʻshimcha materiallarni soʻrab olish yoxud boshqa chora-tadbirlarni koʻrish zarur boʻlgan hollarda, ularni koʻrib chiqish muddatlari bojxona organlari mansabdor shaxslari tomonidan, istisno tariqasida koʻpi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin, bu haqda murojaat etuvchiga xabar beriladi.

Bojxona organlariga kelib tushgan takliflar kelib tushgan kunidan eʼtiboran bir oygacha boʻlgan muddatda koʻrib chiqiladi, qoʻshimcha oʻrganishni talab etmaydigan takliflar bundan mustasno, bu haqda taklifni kiritgan jismoniy va yuridik shaxsga oʻn kun muddatda yozma shaklda xabar qilinadi.
Murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha bojxona organlari tomonidan tegishli qaror qabul qilinadi, bu haqda darhol yozma yoki elektron shaklda murojaat qiluvchiga xabar beriladi.
Murojaatni qoniqtirmaslik toʻgʻrisidagi qarorni DBQ markaziy apparatida – DBQ Raisi, uning oʻrinbosarlari, boshqarmalar boshliqlari;

Hududiy bojxona boshqarmalarida – boshqarma boshligʻi, uning oʻrinbosarlari qabul qiladi.

Murojaatga javob xatida murojaatda koʻrsatilgan har bir masala boʻyicha vajlarni rad etuvchi yoki tasdiqlovchi aniq asoslar (zaruriyatga qarab qonun hujjatlari normalariga havollar qilingan holda) boʻlishi kerak.

Bojxona organlarida murojaatlarga javob xatlari ularning mansabdor shaxslari tomonidan imzolanadi.
Murojaatlarga javob xati, mumkin qadar, murojaat etilgan tilda bayon qilinadi.

Jismoniy yoki yuridik shaxslar jamoa boʻlib murojaat qilgan taqdirda, ularning murojaatlari Qonun talablari va mazkur Nizomga muvofiq koʻrib chiqiladi. Bunda javob xati murojaat qilganlarning roʻyxatida birinchi boʻlib koʻrsatilgan shaxsga yoki, ularning talabiga koʻra, boshqa shaxsga yuboriladi.
Jismoniy yoki yuridik shaxsning iltimosiga koʻra murojaatni koʻrib chiqqan bojxona organlari va ularning mansabdor shaxslari murojaatga javobni uning mazmunini oʻzgartirmasdan tushuntirishi, shuningdek yoʻl qoʻyilgan xatolar va arifmetik xatolarni oʻz tashabbusiga koʻra yoki murojaat qiluvchining iltimosiga koʻra, murojaatga javobning mazmuniga daxl qilmagan holda tuzatishi shart.
Murojaat qiluvchining murojaatga javobni tushuntirish va uni tuzatish toʻgʻrisidagi iltimosi u kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida koʻrib chiqiladi.

Murojaatlarda unda koʻtarilgan barcha masalalar Qonun talablariga muvofiq koʻrib chiqilgan va murojaat qiluvchiga tegishli javob yuborilgan taqdirda koʻrib chiqilgan hisoblanadi.
Murojaat qiluvchiga javob yuborilgan kun murojaatni koʻrib chiqish tugallangan kun hisoblanadi, bu haqda murojaatlar bilan ishlash boʻlimi (yoki guruhi) murojaatlarni roʻyxatga olish jurnaliga yoxud elektron dasturga va hisobga olish kartochkasiga belgi qoʻyadi.

Murojaat boʻyicha muallifga asoslangan batafsil javob xati yuborilgandan soʻng Murojaatlar bilan ishlash boʻlimi(yoki guruhi) masʼul xodimlari tomonidan nazoratdan yechiladi.
Shuningdek, murojaat muallifiga yuborilgan oraliq xatlar orqali va mazmunan toʻliq hal qilinmagan murojaatlarni nazoratdan yechilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.Yuqori davlat organining nazoratida turgan murojaatni koʻrib chiqqan tarkibiy tuzilma koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida tegishli organga murojaat muallifiga yuborilgan javob xatini ilova qilgan holda yozma shaklda xabar beradi.
Murojaatda keltirilgan vajlar yuzasidan belgilangan tartibda xizmat tekshiruvi tayinlanishi mumkin. Xizmat tekshiruvi masʼul tarkibiy tuzilmalar tomonidan oʻtkaziladi.
Murojaatlar koʻrib hal etilganidan keyin barcha toʻplangan materiallar, qoʻshimcha maʼlumotlar murojaatlar bilan ishlash boʻlimi (yoki guruhi) yigʻmajildlarida saqlanadi.
Jismoniy shaxslarning yashash joyi yoki yuridik shaxslarning joylashgan yeri (pochta manzili) notoʻgʻriligi va boshqa sabablarga koʻra pochta xizmati tomonidan qaytarilgan murojaatlar konvertlari bilan birga tegishli yigʻmajildga tikib qoʻyiladi.
Ayrim hollarda bojxona organining rahbari yoki uning oʻrinbosarlari murojaatlarni koʻrib chiqish muddatlarini qisqartirishlari mumkin.
DBQ rahbariyati tomonidan tegishliligi boʻyicha hududiy boshqarmalarga qonuniy koʻrib chiqish uchun yoʻllangan murojaatlar oʻrganib chiqilib, muallifga asoslangan javob xati yuborilgan sanadan ijro etilgan deb hisoblanadi. Bu haqda DBQ rahbariyatiga tegishli maʼlumot kelib tushgandan soʻng yoki Murojaatlar bilan ishlash boʻlimi (joylarda ularning tarkibiy tuzilmalariga) berilgan topshiriq asosida murojaat nazoratdan yechiladi.
DBQ markaziy apparati ijrochi boshqarmalari tomonidan, tegishliligi boʻyicha hududiy boshqarmalarga yuborilgan murojaatlar, belgilangan tartibda koʻrib chiqilib, murojaat qiluvchiga tegishli javob xati yuboriladi. Mazkur javob xatining nusxasini Murojaatlar bilan ishlash boʻlimiga (joylarda ularning tarkibiy tuzilmalariga) taqdim etilgandan soʻng yoki elektron dasturga tegishli maʼlumotlarga bazaga kiritilgandan soʻng nazoratdan yechiladi.

Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilishni tashkil etish
Bojxona organlarida jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarni vakillarini qabul qilish belgilangan kun va soatlarda, qabul qilish jadvaliga muvofiq oʻtkaziladi.
Agar murojaatda koʻtarilgan masala ikki yoki undan ortiq tarkibiy tuzilmalar faoliyatiga tegishli boʻlsa, qabul ushbu tarkibiy tuzilmalar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Bojxona organlari rahbarlarining qabul qilish jadvallari va uni oʻtkazish vaqti, joyi hamda qabulga oldindan yozilish toʻgʻrisidagi axborotni DBQ rasmiy veb-saytida eʼlon qilish hamda maʼmuriy binolarning hamma kirishi mumkin boʻlgan joylardagi stendlarga yoki boshqa texnik vositalarga joylashtirish orqali manfaatdor shaxslar eʼtiboriga yetkaziladi.
Jismoniy shaxs ogʻzaki murojaat etayotganda oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatni, yuridik shaxsning vakili esa oʻz vakolatlarini tasdiqlaydigan va oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatishi kerak, ommaviy qabul vaqtida kelib tushgan murojaatlar bundan mustasno.
Ogʻzaki murojaatlar real vaqt rejimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda shu jumladan bojxona organlarining ishonch tezkor aloqa telefonlari orqali va video-konferensaloqa vositasida ham berilishi mumkin.
Jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish uchun alohida xona ajratiladi.
Shaxsiy qabul davomida bojxona organining rahbari qaroriga koʻra va murojaat etuvchiga bu haqda xabar bergan holda maxsus texnika vositalari (audio va videoyozuv, shuningdek fotosuratga olish) qoʻllanilishi mumkin.

Agar jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qilish paytida murojaatda bayon etilgan masalalarni hal etish bojxona organining vakolatlariga kirmasligi aniqlangan taqdirda, ularga murojaatda bayon qilingan masalalarni hal etish uchun qaysi organga yoki tashkilotga murojaat qilish lozimligi tushuntiriladi. Bunda jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining talabi bilan bu haqda yozma shaklda javob beriladi.
Ogʻzaki murojaatlar bilan kelgan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari murojaatlar bilan ishlash boʻlimi (yoki guruhi) rahbari, yoxud boshqa masʼul xodimlar tomonidan qabul qilinadi.
Murojaat qiluvchining shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlar tekshirilgandan keyin ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq hisobga olish kartochkasi toʻldiriladi. Hisobga olish kartochkasi ogʻzaki murojaat sifatida roʻyxatga olinadi.

78.Rahbariyat qabulini tashkil etuvchi xodim jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabuli boʻyicha tarkibiy tuzilmalardan tegishli maʼlumotlarni olishi hamda rahbariyat topshirigʻi asosida tarkibiy tuzilmalar boshliqlari va boshqa mansabdor shaxslarni taklif qiladi.
Tarkibiy tuzilmalar boshliqlari qabuliga kelgan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari ushbu tarkibiy tuzilma tomonidan qabul qilinib, 4-ilovada keltirilgan shakldagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish kitobi”da roʻyxatdan oʻtkaziladi. Ushbu kitobning barcha ustunlarini toʻldirib borilishi tarkibiy tuzilmalar boshliqlari tomonidan nazorat qilinadi.
Bojxona organida jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish murojaatlar bilan ishlovchi tegishli tarkibiy tuzilma xodimlari ishtirokida amalga oshiriladi.

Agar jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qilish paytida murojaatda bayon qilingan masalalarni hal etish bojxona organining vakolatiga kirmasligi aniqlangan taqdirda, ularga murojaatda bayon qilingan masalalarni hal etish uchun qaysi organga yoki tashkilotga murojaat qilish kerakligi tushuntiriladi. Bunda jismoniy shaxs va yuridik shaxslar vakillarining talabi bilan bu haqda yozma shaklda javob beriladi.
Shaxsiy qabul davomida bojxona organining rahbari qaroriga koʻra hamda murojaat etuvchining yozma roziligi bilan maxsus texnika vositalari (audio va video yozuv, shuningdek fotosuratga olish) qoʻllanilishi mumkin.

Bojxona organining rahbari yoki boshqa vakolatli shaxslari tomonidan sayyor shaxsiy qabullar tashkil etilishi mumkin.
Sayyor shaxsiy qabullar vaqtida murojaatlar bilan Murojaatlar bilan ishlash boʻlimi (yoki guruhi) boshligʻi va boshqa masʼul xodimlar ishtirok etishi mumkin.
84. Jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslar vakillarining sayyor shaxsyi qabulari, shuningdek ommaviy qabullar, zarur boʻlgan hollarda, qabul qilish jadvallaridan tashqari oʻtkazilishi mumkin. Ommaviy qabul hovlilarga (kvartiralarga), boshqa binolarga va joylarga birma-bir kirib chiqish orqali ham oʻtkazilishi mumkin.
Sayyor shaxsiy qabullar paytida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan berilgan ogʻzaki murojaatlar ushbu Nizomning 58-bandiga muvofiq rasmiylashtiriladi va roʻyxat olinadi hamda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Ommaviy qabullar vaqtida bojxona organi rahbariga yoki vakolat berilgan boshqa mansabdor shaxsga kelib tushgan va joyida hal etilgan ogʻzaki murojaatlarga yozma javob yoki elektron shaklda javob talab etilmaydi.
VII. Jismoniy va yuridik shaxslar vakillarini video-konferensaloqa vositasida qabul qilishni tashkil etish

Jismoniy shaxs va yuridik shaxs vakili bojxona organi rahbariga yoxud ularning mansabdor shaxslarga videokonferensaloqa vositasida murojaat berishi, oldindan tasdiqlangan maxsus axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda video-konferensaloqa jadval orqali amalga oshiriladi.
Buning uchun murojaat etuvchi video-konferensaloqa oʻrnatilgan tegishli bojxona organiga belgilangan tartibda talabnoma bilan murojaat qiladi. Ariza elektron shaklda berilishi mumkin.
Talabnomalarda quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
Jismoniy shaxs uchun-murojaat etuvchining familiyasi ( ismi, otasining ismi), uning yashash joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, Yuridik shaxsning toʻliq nomi, y uning joylashgan yeri( pochta manzili) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar; Elektron pochta

 

7.11.2018

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing