Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Davlat bojxona qoʻmitasining Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha komissiyasi
372

Davlat bojxona qoʻmitasining 2019-yil 31-maydagi

“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi

PF-5729-son Farmoni ijrosi toʻgʻrisida”gi 159-son buyrugi bilan tasdiqlangan.

Davlat bojxona qoʻmitasining Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha komissiyasi tarkibi

Davlat bojxona xizmati organlarining korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha komissiyasi – DBQ raisining birinchi oʻrinbosari, hududiy boshqarmalar, “Toshkent–AERO” IBK va Bojxona instituti boshliqlari hamda Milliy kinologiya markazi direktori rahbarligida tuzilgan huquqbuzarliklarni, xususan korrupsiyani oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi ishlarni muvofiqlashtiruvchi komissiya.

Davlat bojxona qoʻmitasi Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha komissiyasining 2020-yil faoliyati natijalari

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan Davlat bojxona qoʻmitasi oʻrtasida faol hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, oʻzaro imzolangan “Davlat bojxona qoʻmitasi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish va oldini olish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” asosida jadal ravishda olib borilmoqda.

Ushbu “Yoʻl xaritasi”da

- sohaga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy qilish hamda bojxona protseduralarini raqamlashtirish hisobiga bojxona rasmiylashtiruvini soddalashtirish va mavjud byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish;

- korrupsiya bilan bogʻliq har qanday holatlarni boshlanish bosqichini oʻzida aniqlash va ularga sharoit yaratuvchi omillarni bartaraf etish;

- korrupsiyaga qarshi qaratilgan profilaktika-targʻibot tadbirlarini yanada kuchaytirish hamda muvofiqlik tizimini takomillashtirish;

- bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida inson omilini qisqartirish;

- korrupsiyaga qarshi kurashish va oʻz xavfsizlik - “compliance control” tizimini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Keng jamoatchilik vakillari, jurnalistlar, blogerlar, ommaviy axborot vositalari vakillari va talabalar ishtirokida oʻtkazilgan “Ochiq eshiklar kuni” doirasida Davlat bojxona qoʻmitasi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi oʻrtasida “Korrupsiyaga qarshi kurashishda oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisida”gi Memorandum imzolandi.

Soʻnggi 3 yilda bojxona maʼmuriyatchiligini takomillashtirish hamda sohani tubdan isloh qilishga qaratilgan 100 dan ortiq meʼyoriy-huquqiy xujjatlar qabul qilingan.

Rasmiylashtiruv jarayonidagi hujjatlar salmogʻi qisqartirilib, ilgari har bir rasmiylashtiruvda taqdim etilishi shart boʻlgan 10 dan ortiq ruxsatnoma hujjatlari va TIF TN kodi boʻyicha ekspertiza xulosasini taqdim etish kabi talablar, ayrim tovarlarning eksport jarayonida kontraktlarni hisobga qoʻyish shartlari bekor qilindi.

Sohaga ilgʻor va innovatsion texnologiyalarni joriy qilinishi hisobiga bojxona yuk deklaratsiyalarini avtomatik roʻyxatga olish va avtomatik taqsimlash joriy etildi. Natijada, ilgari ushbu jarayonga 2-3 soat vaqt sarflangan boʻlsa, hozir bu koʻrsatkich 1-2 daqiqani tashkil qilmoqda.

Kelgusida tizimda korrupsiya va boshqa salbiy illatlarni bartaraf etish borasida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan uzviy hamkorlikda aniq maqsadga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlar yanada kuchaytiriladi.

Shuningdek, bojxona organlarida “komplayens-nazorat” tizimini qoʻllashda xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribasidan keng foydalanishga, tizimda korrupsiyani keltirib chiqarish xatarlari mavjud boʻlgan sohalarni aniqlashga qaratilgan ijtimoiy soʻrovlar oʻtkazishga ham eʼtibor qaratiladi.

Xavf darajasi past boʻlgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlarini bosqichma-bosqich inson omilini aralashtirmagan holda avtomatik rasmiylashtirishni joriy etish ham oldindagi muhim rejalardan biri hisoblanadi.

10.07.2019

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing