Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Bojxona tarixi
653

BUYUK IPAK YOʻLI DAVRIDA BOJXONA

Markaziy Osiyoda Soʻgʻdiyona va Baqtriya-Tohariston savdo yoʻllari qadim-qadimdan Buyuk ipak yoʻlining eng gavjum tarmoqlaridan hisoblangan. Soʻgʻdiy savdogarlar uzoq Sharq va Vyetnamgacha borganliklari toʻgʻrisida maʼlumotlar saqlanib qolgan boʻlsa, Baqtriya-Toharistonning ushbu hududlarda buddaviy va monexiylik dinlari yoyilishidagi oʻrni ham kattadir. Mazkur oʻlkalarni bevosita bogʻlab turgan janubiy Hisor togʻlaridagi savdo yoʻllarining asosiy yoʻnalishi va mavsumiy tarmoqlari esa, arxeologik va yozma maʼlumotlarga qaraganda Buyuk ipak yoʻli shakllanishidan ming yillar avval amalda boʻlib, uch yoʻnalishga ajralgan: gʻarbiy – dasht yoʻnalishi, hozirgi Surxondaryo viloyati bilan Turkmanistonni bogʻlab turuvchi temir yoʻl shoxobchasiga deyarli mos keladi.

Temirdarvoza orqali oʻtadigan markaziy yoʻnalish eng qulay, yaqin va tabiiyki, doimiy yoʻl hisoblangan. Soʻngra asosiy yoʻl Temirdarvoza, Zogʻxona dovoni (hozirgi Sayrob qishlogʻi) va Sherobod daryosi boʻylab Sherobod shahri, Amudaryoning Shoʻrob kechuvi orqali Balxga borgan.

Shuni ham aytib oʻtish joizki, Hisor savdo yoʻllari koʻplab tosh devorlar va nazorat qoʻrgʻonlari vositasida muhofaza qilib turilgan. Bu esa savdo yoʻllariga boʻlgan yuksak eʼtibordan yaqqol dalolatdir.

Sherobod dahanasida, daryoning chap sohilidagi qoya ustida joylashgan Tavka qalʼasida olib borilgan izlanishlar Buyuk ipak yoʻlini oʻrganishda oʻziga xos kashfiyot boʻldi.

Tavka devoriy suratlarining tahlili va boshqa arxeologik topilmalar asosida bu qalʼani milodning VI-VII asrlari bilan bogʻlash mumkin. Maʼlumki, oʻsha davrda Tohariston Oʻrta Osiyoning koʻplab hududlari singari Gʻarbiy Turk hoqonligi tarkibiga kirgan. Bu hoqonlik bilan Sosoniylar va Vizantiya imperiyasining Buyuk ipak yoʻlidagi oʻzaro raqobati ularning yoʻlga boʻlgan munosabatlaridan, yaʼni yoʻlning ular iqtisodiyotiga ahamiyatidan kelib chiqqan.

Keyingi yillarda ochilgan qator arxeologik yodgorliklar Sherobod dahanalari, joʻgʻrofiy sharoitga koʻra, togʻ hududidan tekislikka chiqish yoʻli boʻlganligini tasdiqlamoqda. Dahana tosh devorlari shu davrlarda ham amalda boʻlgan. Yuqorida qayd qilingan asosiy va mavsumiy tarmoqlarda joylashgan yodgorliklar ichida Tavka qoʻrgʻonining alohida oʻrni boʻlgan. U soʻzsiz Buyuk ipak yoʻlining janubiy Hisor togʻlari boʻylab oʻtgan qismidagi muhim manzilgohlardan biridir. Oʻzaro hamohang yagona meʼmoriy majmuani tashkil qiluvchi qoʻrgʻon va tosh devor, izlanishlarning dastlabki natijalaridayoq, “Bojxona” deb talqin qilingan. Avvalo, qoʻrgʻonning bevosita shimoli-gʻarbiy Tohariston togʻ va tekislik vohalari chegarasida yoxud bu hududdan oʻtgan savdo yoʻlining asosiy yoʻnalishi boʻyida, yaʼni tarixiy-madaniy chegara (Temir darvoza) yaqinida joylashganligi uni “Davlat Bojxonasi” deb atalishiga asos boʻladi. Chunki Dahana togʻ va tekislik vohalari uchun ham darvoza vazifasini bajarib kelgan boʻlib, bu yerda bojxonaning joylashganligi tabiiydir. Yodgorlikning ixcham va ayni bir paytda mahobatli koʻrinishi, hashamatli bezatilganligi, qishki, yozgi qabulxonalari, savdo karvonlaridan tushgan bojlarni vaqtincha saqlashga moʻljallangan xonalari, karvonlar yetib kelgunlariga qadar ularni kuzatish imkoniyati bu chindan ham Davlat bojxonasi boʻlganligini isbotlaydi.

Maʼlumki, bojxonalar qadim-qadimdan faqat boj olish maskanigina boʻlib qolmay, balki savdo karvonlariga xizmat koʻrsatish muassasalari hisoblanib, ular yaqinida karvonsaroylar faoliyat koʻrsatgan.

AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR DAVRIDA BOJXONA

13-14 asrlarda buyuk ajdodimiz Sohibqiron Amir Temur tomonidan poytaxti Samarqand shahri boʻlgan ulkan markazlashgan davlatga asos solinishi milliy bojxona tizimi tarixida ham muhim oʻrin tutadi.

Temuriylar davlatining xaritasini kuzatar ekansiz, uning hududi Hindiston hamda Xitoydan Qora dengizga qadar, Sirdaryo va Orol dengizidan Fors qoʻltigʻiga qadar gʻoyat katta hududni qamrab olganligiga guvoh boʻlishadi. Darhaqiqat, Temur davlati tarkibiga Kichik Osiyo, Suriya, Misr va shimoliy gʻarbda Quyi Volga, Don boʻylari, shimoliy-sharqda Balxash koʻli va Ili daryosigacha, janubiy-sharqda esa Shimoliy Hindistongacha boʻlgan mamlakatlar qarashli boʻlgan.

Oʻsha davrda Yevropa, Osiyo va yaqin Sharq davlatlari bilan savdo-sotiq ishlari olib borilgan. Davlat chegaralari yaqinida qurilgan karvonsaroylarda karvonlar kutib olingan. Karvonsaroylarda tovarlar koʻzdan kechirilib, boj undirilgan. Boj toʻlangan yuklarga tamgʻa bosib berilgan. Ushbu boj toʻlanganligini bildiruvchi tamgʻa bosish amaliyoti Amir Temur davrida keng tarqalgan. Ayrim manbalarda “tamgʻa” soʻzidan rus tilidagi “tamojnya” soʻzi kelib chiqqanligi qayd etilgan. Yaʼni, boj undirib, tamgʻa qoʻyishni “tamjit”, bu ishni amalga oshiradigan joyni “tamojnya” deb yuritishgan.

Amir Temur barpo etgan davlatning qudrati Fransiya, Angliya, Genuya, Vizantiya, Ispaniya kabi davlatlar hukmdorlarining Sohibqiron bilan siyosiy, iqtisodiy, savdo aloqalari oʻrnatishga intilishlariga sabab boʻlgan. Shu bois ular Sohibqiron huzuriga muntazam elchilar yuborib turishgan.

Jumladan, 1404-yili Kastiliya (Ispaniya) qiroli Genrix III elchisi Rui Gonsales de Klavixo Samarqandga tashrif buyurib, bir muncha muddat yashagan va “Temur saroyiga sayyohat” nomli esdaliklarini yozgan.

Ushbu esdaliklarda: “Temur darvozasi” deb atalgan, saltanat hududiga kirishda bojxona maskani vazifasini bajargan ikki joy toʻgʻrisida ham soʻz yuritgan. Jumladan, “...Amir Temur uchun bular, ayniqsa, daromadli manba edi. Bularning bittasi Kavkaz tizmasining sharqiy togʻ tizmasida, Kaspiyga tushadigan Darbandda joylashgan boʻlib, ikkinchisi esa Samarqand va Balx oʻrtasidagi togʻ tizmasida, Shahrisabzdan ikki kunlik yoʻlda joylashgan yerda edi.”- deb koʻrsatgan.

Sohibqironning uchinchi oʻgʻli, Gʻarbiy Eron, Iroq va Ozarbayjon hokimi Mironshoh esa Fransiya, Angliya kabi mamlakatlar hukmdorlari bilan diplomatik maktublar yozishib turgan. Ularning ayrimlari hozirda Britaniya muzeyi va Parij Milliy kutubxonasida saqlanmoqda.

Sohibqiron davrida saltanat hududidagi Buxoro, Shahrisabz, Toshkent kabi koʻplab shaharlar savdo-sotiq va turli hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarish markazlari sifatida mashhur boʻlgan. Ishlab chiqarilgan tovarlar chet ellarga ham sotilgan va xorijdan turli xil tovarlar olib kelingan. Boshqa mamlakatlar bilan savdo-sotiqning kengayishi oʻz navbatida bojxona tizimining ham takomillashuviga olib kelgan.

Mamlakat hududida barcha karvonlarning xavfsizligiga va adolatli boj siyosati yuritilishiga alohida eʼtibor qaratilganligi koʻplab manbalarda qayd etilgan. Jumladan, oʻsha davr tarixchisi Nizomiddin Shomiy oʻzining “Zafarnoma” asarida shunday yozadi : “... uning adolatiyu siyosati oʻrnatilgan kunlarda Movarounnahrning eng chekka joylaridagina emas, balki Xoʻtan chegarasidan Dehli va Kanboyit atrofigacha, Bobil Abvobdan to Misr va Rum hududigacha boʻlgan yerlardan savdogarlar u yerda tursin, bolalaru, beva xotinlar ham ipakli matolar, oltin-kumush va eng zarur tijorat mollari keltirardilar va olib ketardilar. Hech bir kimsa ularning bir doniga ham koʻz olaytira olmaydi va bir dirhamiga ham ziyon yetkazmaydi. Bu cheksiz neʼmat va poyonsiz marhamatlar Amir Sohibqironning siyosati va adolati natijasidandir”.

Temuriy hukmdorlar huzuriga tashrif buyurgan elchilar, zodagonlar tomonidan koʻplab qimmatbaho, noyob buyumlar sovgʻa sifatida olib kelingan. Bunday tovarlar rohnomalari(yoʻl yorligʻi)ga oddiy muhr oʻrniga shohona qizil muhr bosilganligi bois, “qizil mol” deb atalgan va bojdan toʻliq ozod qilingan.

Amir Temur va keyinchalik aksariyat temuriylar hukmronlik qilgan davrlarda mulkchilik ishlari vaziriningasosiy vazifalaridan biri boj va soliqlarni undirishni nazorat qilish, bu sohada adolatni taʼminlash boʻlgan.

“Temur tuzuklari”da mansabni suisteʼmol qilish, poraxoʻrlik kabilar ogʻir jinoyatlar hisoblanishi, ularnisodir etuvchilar qattiq jazolanishi koʻrsatilgan.

Umuman, Amir Temur davrida mamlakatdagi barqarorlik, bunyodkorlik, turli xorijiy davlatlar bilan diplomatik munosabatlar oʻrnatilishi natijasida tashqi savdo, bojxona ishi rivojlangan.

XONLIKLAR DAVRIDA BOJXONA

Buxoro amirligi (XVI - XX asrlar boshi) janubda Xurosonning sharqiy qismini oʻz ichiga olgan, sharqda Qashqar bilan chegaradosh boʻlgan, gʻarbiy chegara Orol va Kaspiy dengizi sohil-larigacha, shimoliy chegara Turkiston va Sayramga yetib borgan. 1753-yilda Muhammad Rahim taxtni egallagan va oʻzini “amir” deb eʼlon qilgan. Shundan keyin xonlik – “Buxoro amirligi” deb yuritil-gan. Buxoro amirligi asosan Chor Rossiyasi, Afgʻoniston, Eron, Xitoy davlatlari hamda Xiva va Qoʻqon xonliklari bilan savdo-sotiqni amalga oshirgan.Tashqi savdo aloqalari bojxona nazorati yuritilishinitaqozo etgan va bir nechta chegara bojxona maskanlari tashkil etilgan. Oʻsha davrda Afgʻoniston bilan chegarada Karki, Kalif, Chushkaguzar, Termiz, Ayvoj, Saroy va Chebek bojxona maskanlari faoliyat yuritgan. Chunonchi, 1895-yilda Afgʻoniston va Buxoro amirligi oʻrtasida chegarani kesib oʻtish qoidalari va tartibi toʻgʻrisida imzolangan kelishuvga asosan Termizda “Pattakesar” bojxonasi tashkil etilgan. Bojxona maskanlari orqali Buxoroga kirib kelgan chet el tovarlari-dan boj toʻlovi bojgirlar tomonidan undirilgan. Oʻsha davrlarda Buxoroda 12 ta darvoza boʻlib, shundan Xoʻja, Namozgoh, Sallaxona darvozalaridan chetdan keltirilgan tovarlar bojxona koʻrigidan oʻtkazilib, shaharga kiritilgan. Bevosita ushbu darvozalar yonida bojgirlar tomonidan xorijdan keltirilgan tovar-lardan boj olingan. Buxoroda xivalik, qoʻqonlik, afgʻon va rus savdogarlari bilan bir qatorda hindlar ham oʻzlarining karvonsaroylariga ega boʻlishgan. Chet mamlakatlarga tovarlarini chiqargan mahalliy savdogarlargaoʻsha davrlarda muayyan imtiyozlar berilgan. Jumladan, Buxoro tovarlari Afgʻoniston, Angliya va Hindiston tovarlari bilan raqobatlasha olishi uchun savdogarlarga tovarlar qiymatining maʼlum bir foizi miqdorida maxsus mukofot pullari tayinlangan. Bunday imtiyozli tovarlar koʻzdan kechirish va ularga maxsus tamgʻalar osish uchun Samarqanddagi bojxona omboriga joylashtirilgan. Shu joydan tovarlar karvonlarga yuklanib Afgʻonistonga joʻnatilgan. Afgʻoniston chegarasida joylashgan bojxona maskanlarida eksport qilinayotgan tovarlar koʻzdan kechirilib, tamgʻalar olib qolingan hamda Samarqand bojxona omboriga qaytarilgan va ular evaziga tovar egasiga maxsus mukofot pullari berilgan.

Qoʻqon xonligi (XVIII-XIX asrlar) eng shimoliy viloyati Turkiston, Betpaqdala choʻllariga borib taqalgan, shuningdek xonlik tarkibiga Oloy hududi, Balxash koʻli bilan Sirdaryoning yuqori oqimi oraligʻida-gi yerlar kirgan.

Qoʻqon xonligining Buxoro amirligi, Xiva xonligi, Xitoy, Hindis-ton, Eron, Turkiya, Chor Rossiyasi kabi mamlakatlar bilan savdo muno-sabatlari mavjud boʻlgan. Qoʻqon karvonsaroylarida Hindiston, Tibet, Koshgʻar, Buxoro amir-ligi, Afgʻoniston, Chor Possiyasidan olib kelingan mollar toʻplangan va bojxona koʻrigidan oʻtkazilgach, boj hisoblanib, undirilgan. Shun-dan soʻng, bojbonlar tomonidan tovarlar joylangan xurjunlarga bojolinganligini tasdiqlovchi tamgʻa bosilgan. Xonlikka kirayotgan karvonlarni ichki hududda harbiylashgan boj-xona guruhlari kuzatib borgan, karvonlarni koʻzdan kechirish va boj undirishni bojbonlar taʼminlagan.

Xitoyning Buxoro va Xiva xonliklari, Eron hamda Chor Rossiyasi bilan savdo aloqalarida xonlik tranzit hudud vazifasini oʻtagan. Karvonlar xonlik hududidan oʻtganligi uchun ulardan boj yigʻimlari undirilgan. Hindistonda Qoʻqon ipagiga talab katta boʻlgan va shu sababli haryili Qoʻqondan Hindistonga 1000 tuyada ipak joʻnatilgan. Bundan tash-qari, Qoʻqondan Hindiston va Afgʻonistonga “chilla” deb ataluvchi ipakgazlamasi, qoʻqon qogʻozi ham olib ketilgan. Oʻz navbatida, ushbu mamla-katlardan Qoʻqonga olib kelingan qand, gul tikilgan koʻylaklik mato-lar, shakar, indigo, bombey choyi va boshqa tovarlardan xonlik xazina-siga boj undirilgan.

Manbalarda Qoʻqon savdogarlarining karvonlari Turkiyagacha yetib borganligi toʻgʻrisida maʼlumotlar mavjud. Jumladan, taniqli venger sharqshunos sayyohi Vamberi: “Qoʻqondan Turkiyaga kelgan bir karvonda-gi ziyoratchilar oʻzlari bilan 40 dyujina (480 dona) ipak, buxoro roʻmollari, 2000 atrofida pichoq, 30 boʻlak namangan ipak matosi, koʻp-lab qoʻqon doʻppilari olib kelgan” - deb yozib qoldirgan. Shuningdek, maʼlumotlarga koʻra 1832-yilda Xitoy imperatoriningmaxsus farmoni bilan Qoʻqon savdogarlariga Koshgʻarda bojsiz savdo qilishiga hamda choy va ravoch olib ketishiga ruxsat berilgan.

Xiva xonligi ( XVI-XX asrlar ) janubda Eron, sharqda Buxoro amirligi, gʻarbda Kaspiy dengizi bilan chegaradosh boʻlgan. Xiva xonligida savdo-sotiq asosan Buxoro va Qoʻqon xonliklari, Chor Rossiyasi, Xitoy, Eron, Hindiston kabi mamlakatlar bilan amalga oshirilgan.

Oʻsha davrlarda savdogarlardan boj, tamgʻa kabi toʻlovlar olinib, boj undiruvchilar “bojbon” deb atalgan. Ichan-Qalʼaga kiradigan Ota darvozaning oʻng tarafida ikki xona mavjud boʻlib, ulardan birida chetdan mol olib kelayotgan savdogarlar-dan boj undirilgan (bojxona), ikkinchisida esa xorij pullari xorazmpuliga almashtirilegan (sar-rafxona).

Manbalarga koʻra, Xiva xoni Muhammad Rahim I hukmronligi davri-da Xoʻja Mahram ismli saroy amaldori bojxona idorasi boshligʻi etibtayinlangan. Xivadagi Ichan-Qalʼa markazida 1839-yili Xoʻja Mahram rahbarli-gida bojxona ish boʻyicha mutaxassislarni tayyorlaydigan maxsus mad-rasa qurilgan. Ushbu madrasada bir vaqtning oʻzida 30 kishi taʼlim olgan.

XIX asrga kelib xonlik savdogarlari oʻz mollarini Buxoro va Qoʻqonxonliklari bilan bir qatorda, Chor Rossiyasi, Xitoy, Eron, Hindistonkabi davlatlarga olib borishgan. Bu mamlakatlardan esa turli xil xorijiy tovarlar Xiva xonligiga olib kelingan va ulardan tegishli boj toʻlovlari undirilgan. Karvonsaroylarda bojbonlar tomonidan musulmon boʻlmagan savdo-garlar tovarlari miqdoridan 5%, musulmonlarnikidan esa 2% boj olingan.

Xiva xonligi davrida muayyan savdogarlarni boj, xiroj va shu kabitoʻlovlardan ozod qilish toʻgʻrisida xon farmonlari chiqarilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondida Xiva xonlari:

-Irang Muhammad Bahodurxon (1687-1688-yillar)

-Abul-Gʻozi Sayyid Sher-Gʻozi Muhammad Bahodurxon (1715-1716-yillar)

-Abul-Gʻozi Sayyid Muhammad-Rahim Bahodurxon (1867-yil)kabilar tomonidan qabul qilingan soliqlar va boj toʻlovlaridan ozodqilish toʻgʻrisidagi farmonlarning asl nusxalari saqlanmoqda. Umuman, xonliklar oʻrtasidagi oʻzaro nizo, kelishmovchiliklar savdo-sotiq rivojiga va bu oʻz navbatida bojxona ishiga -jiddiy salbiy taʼsir koʻrsatgan.

SOVET TUZUMI DAVRIDA BOJXONA

Mustabid sovet tuzumi davrida boj-tarif siyosati, bojxona ishi va qonunchiligi markazlashgan holda, toʻliq Moskva tomonidan idora qilingan, sohaga oid masalalar ittifoq respublikalari, xususan Oʻzbekiston manfaatlari eʼtiborga olinmasdan hal etilgan.

Jumladan, 1917-yil 29-oktyabrda Moliya ishlari boʻyicha xalq komissarligi tomonidan “Tovarlarni olib kirish va olib chiqish haqida”gi dekret qabul qilinib, tashqi savdo operatsiyalarining amalga oshirilishi va bojlarning undirilishi davlat tomonidan nazorat qilinishi belgilangan.

1918-yil boshida Moliya ishlari boʻyicha xalq komissarligi qoshida “Bojxona yigʻimlari” departamenti ish boshlagan va shu yilning 29-may kuni “Joylardagi Bojxona muassasalari faoliyatini tartibga solish hamda bojlarni yigʻishda Markaziy va mahalliy shoʻrolar hukumati huquqlarini chegaralash haqida”gi dekret qabul qilingan.

Tashqi savdo xalq komissarligining 1921-yil 24-dekabrdagi 133-sonli buyrugʻiga asosan 283 ta mahalliy bojxona muassasalarini oʻz ichiga olgan Petrozavodsk, Gʻarbiy, Ukraina, Janubiy, Kavkaz orti, Semipalatinsk, Sibir va Turkiston okruglari hamda Petrozavodsk va Qrim uchastkalaridan iborat Bojxona boshqarmasi tashkil etilgan.

1923-yil 12-noyabrda SSSR Tashqi savdo xalq komissarligining Bojxona bosh boshqarmasi tashkil topgan.

1924-yil 12-dekabrda sobiq SSSR Markaziy Ijroiya komiteti Prezidiumida Bojxona ustavi tasdiqlangan.

Arxiv hujjatlarida, 1924-25 yillarda Buxoro, Patta-Kesar bojxonalari va Turkmaniston bojxona uchastkalarida oʻtkazilgan tekshiruvlarda xodimlarning bilim saviyasi past darajadaligi, chegaralar orqali kontrabanda tovarlarini olib oʻtish holatlari koʻpligi, bojxona ishini tashkil etishda normativ-huquqiy hujjatlar mavjud emasligi hamda maxsus kiyim-bosh yoʻqligi kabi kamchilik va yetishmovchilik aniqlanganligi koʻrsatilgan.

1925-yil 18-noyabrdan Bojxona bosh boshqarmasi Savdo xalq komissarligi qoshida faoliyat olib borgan.

1930-yil 21-noyabrda Bojxona bosh boshqarmasi oʻz faoliyatini yana SSSR Tashqi savdo xalq komissarligi qoshida boshlagan. Uning tarkibida bojxonaning 11 ta inspektorlik organlari va 266 ta bojxona boʻlib, ularda 5710 nafar xodim ishlagan. Oʻsha yili Afgʻoniston bilan chegaradosh boʻlgan Oʻzbekistondagi “Patta-Kesar” bojxona posti “Termiz bojxonasi”ga aylantirilgan.

Xalq komissarliklari vazirliklarga aylantirilib, 1946-yil 15-mart kuni Bojxona bosh boshqarmasi SSSR Tashqi savdo vazirligi qoshida oʻz faoliyatini boshlagan.

1953-yil yanvar oyidan Bojxona bosh boshqarmasi SSSR Tashqi va ichki savdo vazirligi tarkibida faoliyat yuritgan.

1955-yilda Bojxona bosh boshqarmasi SSSR Tashqi savdo vazirligi tarkibiga kiritilgan.

1955-1956-yillarida xalqaro havo yoʻllarida yuk va yoʻlovchi tashish oqimining ortishi tufayli Toshkent aeroportida bir qator tranzit havo yoʻllari ochilgan. Ularga bojxona xizmatini koʻrsatish maqsadida 1958-yilda Toshkent aeroportida Termiz bojxonasiga buysundirilgan 3 ta shtat birligiga ega Toshkent bojxona posti tashkil etilgan.

SSSR Tashqi savdo vazirligining 1959-yil 14-apreldagi 111 - sonli buyrugʻi bilan Toshkent aeroportida xalqaro yuklar va yoʻlovchilar hajmining koʻpayganligi eʼtiborga olinib, Toshkent bojxona posti Toshkent bojxonasiga aylantirilgan. Toshkent bojxonasida shtat boʻyicha 4 ta xodim faoliyat olib borgan va ular tomonidan 1959-yilda qiymati 1780 rubllik 4 ta huquqbuzarlik ishi yuritilgan. Oʻsha paytlari Toshkent va Termiz bojxonalarida birorta mahalliy kadrlar boʻlmagan.

1984-yilda Afgʻonistonga yuborilayotgan va ulardan Toshkentga kelayotgan harbiy yuklar ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida, Toshkent shahri yaqinida “Tuzel” bojxona posti faoliyat boshlagan.

1986-yil 12-fevralda sobiq SSSR Vazirlar Kengashi qoshida Davlat bojxona nazoratining Bosh boshqarmasi tashkil etilgan.

1988-yilda Toshkent va Termiz bojxonalari asosida Oʻzbekiston SSR bojxonasi tashkil topgan.

1990-yil 16-iyulda SSSR Bojxona qoʻmitasi tashkil etilib, mustabid tuzum barham topguncha faoliyat koʻrsatgan.

1.12.2019

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing