Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Ko‘rib chiqilgan murojaatlar bo‘yicha statistik ma’lumotlar
2331

Davlat bojxona qoʻmitasiga 2021-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan kelgan murojaatlar boʻyicha amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot

Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni, amaldagi normativ-huquqiy xujjatlar talablari ijrosi boʻyicha davlat bojxona xizmati organlarida bir qator amaliy va tashkiliy tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Davlat bojxona qoʻmitasida oʻtkazilayotgan Hayʼat va hududiy bojxona boshqarmalaridagi kengash yigʻilishlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish choralari tanqidiy muhokama qilinib kelinmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi orqali davlat bojxona xizmati organlariga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kelib tushayotgan murojaatlarning ijrosi alohida nazoratga olinib, zarur boʻlsa muallif bilan shaxsan uchrashuvlar tashkil etilib, muammo va masalalari hal etilmoqda.

Davlat bojxona qoʻmitasiga jismoniy va yuridik shaxslardan, xususan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi orqali kelib tushayotgan murojaatlarni amaldagi qonunchilikka qatʼiy amal qilgan holda, toʻliq, xolis va oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini tashkil etish maqsadida Hayʼat va hududiy boshqarmalarning Kengash yigʻilishlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash ahvoli kun tartibiga kiritilib, amalga oshirilgan ishlar muhokama qilinib kelinmoqda.

Davlat bojxona qoʻmitasiga 1820 ta murojaatlar kelib tushgan. Murojaatlarning 1500 tasi (82,1%) jismoniy shaxslardan, 320 tasi (17,8%) yuridik shaxslardan kelgan.

Shundan, 546 tasi yozma shaklda, 530 tasi elektron koʻrinishda, 744 tasi ogʻzaki murojaatlarni tashkil etgan.

Murojaatlarning 424 tasi (23,6%) “bojxona imtiyozlari va preferensiyalari” boʻyicha, 560 tasi (31,2%) “bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi” masalasida,
360 tasi (20,1%) “bojxona organlariga ishga kirish, qayta tiklash, rotatsiya qilish” masalalarida, 236 tasi (13%) boshqa masalada, 160 tasi (8,9%) TMBlarni qaytib olish masalada, 80 tasi (4,4%) bojxona xodimlarining hatti harakatlaridan norozi boʻlib murojaat etgan.

Mazkur murojaatlarning 654 tasi (36%) qanoatlantirilgan, 1125 tasi (62,8%) amaldagi qonun hujjatlari talablari tushuntirilgan, 31 tasi (1,7%) rad etilgan, 10 tasi (0,5%) koʻrib chiqish bosqichida.

Hisobot davrida DBQ ishonch telefoni markaziga 100 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, shundan 68 tasi jismoniy shaxslardan, 32 tasi yuridik shaxslarni tashkil etgan.

Murojaatlarning 25 tasi (25%) bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi masalasida, 13 tasi (13%) bojxona toʻlovlaridan imtiyoz va prefrensiyalar olish masalasida, 3 tasi (3%) musodara qilingan tovarini qaytib olish masalasida, 3 tasi (3%) bojxona qonunbuzilish holati yuzasidan xabarlar, 41 tasi (41%) xodimlar noqonuniy hatti-harakati norozi, 15 tasi (15%) boshqa masalalardagi murojaatlarni tashkil etgan.

Mazkur murojaatlarning 25 tasi (25%) qanoatlantirilgan, 75 tasi (75%) boʻyicha amaldagi qonun hujjatlari talablari tushuntirilgan.

Joriy yilning oʻtgan davrida DBQ rahbariyati tomonidan 60 marotaba shaxsiy va 34 marotaba sayyor qabullar oʻtkazildi. Oʻtkazilgan qabullarda 440 nafardan ortiq fuqarolar hamda TIF ishtirokchilari ishtirok etdi.

DBQ markaziy apparati hamda hududiy boshqarmalarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini oʻz vaqtida koʻrib chiqish, qonuniy hal etish, ularga asoslangan javob xatlarini yuborish, shu bilan birga chuqur tahlil qilish, shikoyatlarni kelib chiqish sabablarini oʻrganish (ayniqsa takroriy murojaatlarni), ularning oldini olish va kelgusida takrorlanmasligini taʼminlash boʻyicha zarur tadbirlar koʻrilmoqda.

DBQ Raisi oʻrinbosarlari va Markaziy apparati tuzilmalarining mutasaddi rahbarlari hududiy bojxona boshqarmalari rahbarlari tasdiqlangan jadval asosida viloyatlarga chiqib, fuqarolar va tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shugʻullanuvchilar bilan muntazam uchrashuvlar oʻtkazib, bojxona sohasidagi yangi normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini tushuntirish, mavjud muammolarini oʻrganish va ularning qonuniy yechimini topishda amaliy yordamlar koʻrsatildi.

13.02.2018

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing