Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Mischining “misi” chiqdi
336
Barchamizga ma’lumki, Prezidentimiz tomonidan 2018 yil “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” deb nomlanib, aholi va tadbirkorlar uchun keng qulayliklar yaratib berilmoqda.

 

Mischining “misi” chiqdi

 

Bugungi kunda “Inson manfaatlari – hamma narsadan ustun” tamoyili asosida fuqarolarimiz uchun barcha jabhalarda, jumladan chegaralar orqali harakatlanishlarida yetarli darajada shart-sharoitlar yaratilmoqda. Joriy yil boshidan respublikamizdagi barcha xalqaro aeroportlarda aholiga yanada qulayliklar yaratish, bojxona rasmiyatchiligini osonlashtirish maqsadida “yashil yo‘lak” tizimi ishga tushirildi.

Bundan tashqari, qo‘shni davlatlar aloqalarini yanada rivojlantirish, qardosh halqlar o‘rtasida qarindosh-urug‘chilik, bordi-keldi aloqalarini yaxshilash maqsadida bir qancha chegara postlari ochilib, chegara va bojxona rasmiyatchiligi soddalashtirilmoqda. Biroq, bunday qulayliklardan o‘z manfati yo‘lida foydalanishga harakat qiluvchi kimsalar ham bugungi kunda uchrab turibdi. Shunday shaxslar tomonidan davlatimiz va xalqimiz manfaatlariga ziyon yetkazuvchi harakatlar sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining sergakligi yanada oshirilgan.

Yaqinda Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan olingan tezkor ma’lumotlar asosida rangli metall parchalarini mamlakatimizdan noqonuniy olib chiqib ketilishiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida fuqaro A.Ziyayev (ism sharifi o‘zgartirilgan) boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli yengil avtotransport vositasi Qozog‘iston Respublikasiga chiqib ketish uchun “Oq oltin” bojxona punktiga kirib kelgan vaqtda avtomashinaning saloni va yukxonasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

DSC04756.JPG

DSC04760.JPG

Natijada,avtomashinada oldindan maxsus tayyorlangan “xufyona” joylarda, ya’ni yukxonaning ikki yon qoplamasi va yon qanoti oralig‘ida, orqa va old bamperlarining ichki qismida,“Metan” gaz baloni ichida, orqa o‘rindiqning osti va orqa qismida, old o‘rindiqning oyoq ostiga to‘shalgan to‘shamasi ostida jami og‘irligi 414 kg. “mis” rangli metall parchalari borligi aniqlanib,ashyoviy dalil sifatida olindi.

DSC04765.JPG

DSC04773.JPG

Endilikda nafsining quliga aylanib, qing‘ir pul topishni rejalashtirgan bu “uddaburon” qonun oldida javob beradi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

S.Alimov

Sirdaryo viloyat bojxona boshqarmasi

22.02.2018

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing