Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Behayolik hamroh bo‘lmasin!
321
oshkent viloyati bojxona boshqarmasi “G‘ishtko‘prik” chegara-bojxona kompleksi orqali har kuni qo‘shni davlatdan o‘n minglab shaxslar kirib keladi. Turfa odamlar, turfa harakterlar. Minglab bagajlar, minglab yuklar. Bu yerda xizmatni olib borayotgan bojxona xodimlari esa har bir yo‘lovchi bilan suhbatga kirishishadi, ularning safar maqsadini surishtirishadi, bagajlar va yuklarni bojxona nazoratidan o‘tkazishadi.

Tabiiyki. yurtimizga kirib kelayotganlarning har birining o‘z maqsadi bor. Kimdir oilasi bag‘riga shoshadi, kimdir xizmat yuzasidan safarga kelgan. Ularning barchasi tezroq manzilga yetish umidida bojxonadan imkon qadar qisqa muddatda o‘tishni istashadi. Ammo, bu “shoshqaloqlik” ba’zi-ba’zida pand berishi turgan gap!

Masalan, qo‘shni davlat fuqarosi S.Asambek yurtimizga kirish chog‘ida, ushbu post peshtaxtalariga joylashtirilgan bojxona qoidalari bilan tanishib chiqqanda edi, yurtimizga behayo mazmundagi materiallarni olib kirish ta’qiqlanganini bilgan bo‘lar edi. Shu sabab, yurtimizga qadam bosish oldidan nafaqat niyatini, balki telefonini ham “tozalab” olganida, bojxonadan bemalol o‘tib ketishi aniq edi.

Ammo, unday bo‘lmadi. Ushbu shaxsning qo‘l telefoni qo‘zdan kechirilganida, unda 47 dona behayo mazmundagi videolar jamlangani ma’lum bo‘ldi.

Ushbu post orqali kirib kelgan S.Zolotovning qo‘l telefoniga esa 96 dona behayo mazmundagi video fayllar yuklangani fosh bo‘ldi.

Bu borada poytaxtlik N.Tursunov ham ortda qolishmas ekan. Qarang-ki, qo‘shni davlatdan kirib kelayotgan ushbu shaxs shu paytga qadar qo‘l telefonida 154 ta behayo videolarni “ko‘tarib” yurgan.

Qo‘l telefoni xotirasidan 232 ta behayo videolarga “joy ajratgan” J.Sa’diyev ham mazkur kompleksi orqali kirib kelar ekan, bojxonachilar qarshisida yer chizib qoldi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv jarayonlari olib borilmoqda.

Shu o‘rinda, yana bir jihat. Yuqorida tilga olingan qoidabuzarlar ehtimol, ataylab behayo mazmundagi materiallarni O‘zbekistonga olib kirish va tarqatishdek g‘arazli o‘y-niyatni ko‘zlashmagandir. Ammo, qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod etmasligi muqarrar.

Demoqchi bo‘lganimiz, shunchaki qiziqish, ko‘ngilning egri istaklariga mayl bildirish qimmatga tushmasin!

Ta’kidlash joizki, o‘tgan 2017 yildan shu kunga qadar Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda aniqlangan 708 ta holatlarda 13783 dona turli shakldagi behayo mazmundagi materiallarning olib kirilishi oldi olindi.

Eslatib o‘tamiz O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi bozorlarda mahalliy mahsulotlar raqobatdoshligini ta’minlash va eksportini rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 15 dekabrdagi PF-5286-son Farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi xududiga pornografik mazmundagi materiallarni olib kirish taqiqlangan.

Toshkent viloyati

bojxona boshqarmasi

Axborot xizmati

27.02.2018

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing