Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Noqonuniy qurol –yarog‘ egalari aniqlandi
1138
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 248-moddasiga muvofiq tegishli ruxsatnomasiz o‘qotar qurol, shuningdek o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalari tayyorlash, olish, olib yurish, saqlash, olib o‘tish yoki jo‘natish jinoiy javobgarlikka tortilishga sabab bo‘ladi.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi ham O‘zbekiston Respublikasining “Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining 10-moddasiga muvofiq tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organ hisoblanadi.

Shunga ko‘ra, Qoraqlapog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda amalga oshirgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida bir nechta fuqarolar tomonidan qurol-yarog‘larning noqonuniy saqlanayotganligini fosh qilishdi.

Nukus tumanida o‘tkazilgan tadbir davomida fuqaro Q.Djumanazarovning yashash xonadoni uning roziligi bilan xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, yashash xonadoni orqa tomonida joylashgan molxonasi yonida qamishlar orasiga yashirib saqlab qo‘yilgan, hech qanday hujjatlarsiz 2 dona ov miltig‘i, 23 dona gilza, 34 dona kapsyullarni nokonuniy ravishda saqlanayotganligi aniqlangan.

Shuningdek, Qo‘ng‘irot tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida, A.Aytmuratovning yashash xonadoni uning roziligi bilan holis guvohlar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida kalibri 16 mm. 1 dona bir stvolli ov miltig‘i va 3 dona gilzalarni noqonuniy ravishda yashirgan holda saqlab quyganligi aniklandi.

Kegeyli tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro A.Tursыnovning xonadoni ham amaldagi tartiblarga muvofiq ko‘zdan kechirilganda, bu yerda

1 dona ikki stvolli ov miltig‘i hech qanday hujjatlarsiz saqlayotganligi fosh bo‘ldi.

Qaraqalpaqstan temir yo‘l stansiyasida 324 sonli Volgograd Toshkent yo‘lovchi poyezdi bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida respublikamiz fuqarosi B.Polvanov yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan 9 kg. ov miltig‘ining droblarini noqonuniy ravishda Rossiya Federatsiyasidan O‘zbekiston Respublikasiga olib kelayotganligi aniklandi.

Mazkur aniqlangan holatlar yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan sud tomonidan tegishli jazo choralari qo‘llanildi.

Raqamlarga murojaat qilsak, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari bilan hamkorlikda olib borilgan chora-tadbirlar natijasida qurol-yarog‘ va o‘q-dorilarni bojona chegaralari orqali noqonuniy ravishda olib o‘tish, bu kabi sovuq qurollarni tegishli ruxsatnomalarsiz o‘z xonadonlarida saqlash bilan bog‘liq bir nechta qonunbuzarlik holatlari fosh qilindi.

Natijada o‘tgan 2017 yil davomida 6 ta o‘q otar qurol, 15 dona o‘q, 103 dona gilza, 10 kg drob, 2124 dona kapsula, 26 gr. porox, 496 dona pnevmatik patronlar, 912 dona pnevmatik o‘qlar kapsulasi, 1 dona gazbalonli to‘pponcha, 13 dona elektroshokerlar daliliy ashyo tariqasida olib qo‘yildi.

Shu o‘rinda Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi fuqarolarga bojxona qonunchiligi buzilishiga doir holatlar yuzasidan (0361) 224-02-68 ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroq qilishlari mumkinligini eslatadi.

 

J.Saparbayev,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi 
Ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar guruhi 
katta inspektori, bojxona xizmati katta leytenanti

1.03.2018

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing