Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Lasetti metanda yuradimi yoki misda?
305
Ma’lumki har bir davlatning iqtisodiyotida strategik ahamiyatga ega bo‘lgan tovarlar va xomashyolarga muhim omil sifatida qaralib, ushbu turdagi tovarlarni mamlakat hududidan noqonuniy yo‘llar bilan olib chiqilishini oldini olish borasida zarur choralar ko‘riladi. Bu borada respublikamizning har bir hududida aholi uchun ikkilamchi rangli metall chiqindilari va parchalarini qabul qiluvchi shahobchalar tashkil etilgan.

Biroq, fuqarolarimiz orasida bila turib mo‘may daromad qilish ilinjida belgilangan tartibni buzishga urinayotgan “uddaburon”lar ham uchrab turibdi.

Jumladan, Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro X.Polvonov (ism sharifi o‘zgartirilgan) boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli yengil avtotransport vositasi Qozog‘iston Respublikasiga chiqib ketish uchun “Malik” bojxona punktiga kirib kelgan vaqtida avtomashinaning saloni va yukxonasi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Natijada, avtomashinada oldindan maxsus tayyorlangan “xufiyona” joylarda, ya’ni yukxonaga o‘rnatilgan “metan” gaz baloni ichida, orqa va old bamperlarining ichki qismida hamda orqa o‘rindiqning osti va orqa qismida jami og‘irligi 384 kg. “mis” rangli metall parchalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

125888.jpg

Endilikda mo‘may pul topish ilinjidagi bu “uddaburon” qonun oldida javob beradi. Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yil 11 iyul kuni O‘zbekiston-Qozog‘iston Davlat chegarasida joylashgan “Oq oltin – Selinnыy” va “Malik – Sirdaryo” avtomobil o‘tkazish punktlari ochilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston-Qozog‘iston Davlat chegarasida “Oq oltin” va “Malik” avtomabil o‘tkazish punktlarini ochish to‘g‘risida” 2017 yil 26 apreldagi PQ-2931-son qaroriga asosan mazkur o‘tkazish punktlari orqali faqat yengil avtotransport vositalari harakatlanadi va bu punktlar orqali yuk va tovarlarni tijorat maqsadida olib o‘tilishini amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Avtomabil o‘tkazish punktlarida bojxona nazorati soddalashtirilgan tartibda, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi to‘ldirilmasdan, ro‘yxatga qo‘ymasdan va transport vositalarini bojxona ko‘rigidan o‘tkazmasdan, faqatgina harakatlanayotgan transport vositalarini majburiy ravishda vizual ko‘zdan kechirish orqali amalga oshiriladi.

Eslatib, ayni shunga o‘xshash holat mazkur postda ilgari ham aniqlangan edi.

B.Anvarxanov, 
Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimi

6.03.2018

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing