Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Namangan viloyatida tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari bilan ochiq muloqotlar bo‘lib o‘tdi
1254
Namangan viloyati bojxona boshqarmasida tashqi iqtisodiy faliyat qatnashchilari ishtirokida “Tadbirkorlik subyektlariga berilayotgan imtiyoz va pereferensiyalar, eksport sohasida yaratilayotgan qulayliklar, mavjud muammolar va ularning yechimi” mavzusida DBQ Raisi o‘rinbosari Mutalibdjon Saliyev rahbarligida ochiq muloqot tarzida navbatdagi davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuvda DBQ mutasaddi boshqarmalari mas’ul xodimlari, Savdo-sanoat palatasi Namangan viloyat hududiy boshqarmaci, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi Namangan viloyati boshqarmasi mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirkorlarni uylantirayotgan muammolarni joylarning o‘zida hal qilish, ularning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash maqsadida, joylar o‘tkazilayotgan uchrashuvlarning ahamiyati juda katta. Bu borada bojxona organlarida ham shunday uchrashuvlar tashkil etilib, tadbirkorlarda uchrayotgan muammolarni bartaraf etishda yordam berib kelinmoqda.

Jumladan, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarini qo‘llab-quvvatlash, xususan bojxona sohasida ular duch kelayotgan muammolarni har tomonlama o‘rganish va zudlik bilan hal etish maqsadida tashkil etilgan ochiq muloqotda DBQ Raisi o‘rinbosari M.Saliyev bugungi kunda Hukumatimiz tomonidan tadbirkorlik subyektlariga barcha jabhalarda qulay shart-sharoitlar yaratib berilayotgani, shu jumladan bojxona tizimida ham bojxona taomillari soddalashtirilib, amaldagi tartiblar yengillashtirilayotgani hamda bojxona to‘lovlaridan imtiyozlar berilib, sohada tadbirkorlar uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratilayotganini alohida ta’kidladi.

Tadbirda ishbilarmonlar manfaatlarini ta’minlash, ularning to‘laqonli faoliyat yuritishiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni aniqlash va zudlik bilan bartaraf etish masalalari haqida so‘z bordi.

Muloqot davomida mas’ul xodimlar tomonidan “Tadbirkorlik subyektlari tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun bojxona qonunchiligidagi yangiliklar hamda har qanday ijtimoiy-salbiy hodisani yoki jinoyatchilikni, shu jumladan, korrupsiya va ta’magirlikni oldini olish va unga qarshi kurashishda mazkur illatni vujudga keltiruvchi omillar va shart-sharoitlarni bartaraf etish borasida ham tushuntirishlar berib o‘tildi.

Shuningdek, jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablarini amalda ta’minlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rilishi belgilanib, Davlatimiz Rahbari Sh.M.Mirziyoyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga 2017 yil

22 dekabrdagi Murojaatnomasida bojxona organlari uchun belgilangan ustuvor vazifalar va qo‘yilgan talablardan kelib chiqib, tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan bojxona tartib tamoillarini murakkabligi va ularni qayta ko‘rib chiqib, davlat xizmatlari sifatini tubdan yaxshilash, ko‘lamini kengaytirish hamda aholiga qulay sharoitlar yaratish maqsadida bojxona organlari tomonidan ustivor vazifalar belgilab olinganligi ta’kidlandi.

Tadbir davomida DBQning uzluksiz ishlayotgan 120-76-33 “Ishonch telefoni” raqami to‘g‘risidagi ma’lumotlar ishtirokchilarga yetkazildi. Ushbu “Ishonch telefonlari” bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilishini zudlik bilan oldini olish, mansabdor shaxslar va bojxona xodimlari tomonidan korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarni sodir etilishining oldini olish hamda tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarining qonuniy huquq va manfatlarini himoya qilish maqsadida yo‘lga qo‘yilganligi tushuntirib o‘tildi.

O‘zaro samimiy, qizg‘in savol-javoblar, bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tgan ochiq muloqotda tadbirkorlar faoliyatida uchrayotgan muammoli masalalar va takliflarni erkin bayon qilib, ular bo‘yicha tegishli javoblar olishdi.

Namangan viloyati

bojxona boshqarmasi

Axborot xizmati

25.01.2018

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing