Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Davlat bojxona qoʻmitasi raisiga oʻrinbosar tayinlandi
482
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-apreldagi PQ-5066-sonli Qaroriga muvofiq shu kunga qadar Qishloq xoʻjaligi vazirligi Strategik rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni muvofiqlashtirish bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat koʻrsatib kelayotgan Qodirov Oʻtkirjon Gʻayratovich Davlat bojxona qoʻmitasi raisining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Oʻtkirjon Qodirov 1984-yilda Surxondaryo viloyatida tugʻilgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Oʻzbekiston Respublikasi strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini tugallagan.

Oʻtkirjon Qodirov Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida masʼul lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Давлат божхона қўмитаси раисига ўринбосар тайинланди

10.04.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing