Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
732 million so'mlik qing'ir reja amalga oshmadi
277
Bojxona organlari tomonidan yashirin iqtisodiyotga chek qo'yish maqsadida tovar-moddiy boyliklarining respublikaga noqonuniy yo'llar bilan kirib kelishiga qarshi muntazam tezkor tadbirlar o'tkazilib kelinmoqda.
732 million so'mlik qing'ir reja amalga oshmadi

Jumladan, Davlat bojxona qo'mitasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi va Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari DXX xodimlari bilan hamkorlikda o'tkazgan tezkor tadbir davomida navbatdagi nayrang fosh bo'ldi.

Tezkor tadbir davomida kuzatuvga olingan fuqaro N.B. o'z avtomashinasiga yuklangan dori vositalarini poytaxtimizdagi buyum bozorlaridan birida shartli xaridorga sotayotgan vaqtida to'xtatib qolindi.

Natijada, tegishli hujjatlari bo'lmagan va sifati kafolatlanmagan qariyb 732 mln. so'mlik jami 7705 dona «Меsоpril Kit» nomli dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olib qo'yildi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

17.04.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing