Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo'yildi
303
Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo'yildi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo'limi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent shahar Sergeli tumanida tezkor tadbir o'tkazishdi.

Tadbir davomida, fuqaro S.R. 2 dona rangsiz sellofan parchasiga o'ralgan, “gashish” giyohvandlik vositasini shartli xaridorga sotgan vaqtida xodimlar tomonidan to'xtatilib qolindi.

Shuningdek, fuqaro R.S.ning yashash xonadoni ham o'rnatilgan tartibda ko'zdan kechirilganida, uydagi shkaf ichida alohida parvarish qilinayotgan 9 tup “Kannabis” o'simligi borligi aniqlandi.

O'tkazilgan tezkor tadbirlar davomida sof og'irligi 1,77 gr. “Gashish” giyohvandlik moddasi va 9 tup “Kannabis” giyohvanlik o'simligi ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

17.04.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing