Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
157 tup giyohvandlik oʻsimliklarini parvarishlab kelayotgan qonunbuzar fosh etildi
236
Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillari bilan hamkorlikda “Qoradori-2021” tezkor profilaktik tadbiri davomida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi.

Oʻtkazilgan tadbir davomida, Kitob tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Y.Q.ning yashash xonadoni belgilangan tartibda koʻzdan kechirilganda, xonadon hovlisining tomorqasida 7 tup nasha oʻsimligi va 143 tup koʻknor oʻsimliklari qonunga zid ravishda parvarishlab kelinayotganligi aniqlandi.

Yana bir holatda, ushbu tumanda istiqomat qiluvchi fuqaro T.G.ning yashash xonadoni belgilangan tartibda koʻzdan kechirilganda, xonadonning yashash xonalarida hufyona tarzda maxsus yogʻoch qutilardan tayyorlangan idishlarda 7 tup giyohvandlik oʻsimliklari parvarishlanayotganligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

7.06.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing