Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Andijonda “Gerbim - faxrim, gʻururim!” shiori ostida tadbir tashkil etildi
652
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganligining 29 yilligini nishonlash maqsadida Andijon viloyati bojxona boshqarmasida yoshlar oʻrtasida davlat ramzlarini chizish hamda sportning shashka turi boʻyicha musobaqa tashkil etildi.


Tadbirda asosan bojxona xodimlarining 7-12 yoshli farzandlari ishtirok etishdi.
Tadbirni Andijon viloyati bojxona boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Odiljon Baxromov ochib berar ekan, oʻz nutqida bu kabi tadbirlarni tashkil etish yoshlar oʻrtasida maʼnaviy-axloqiy muhitni shakllantirish, sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilishga qaratilganligiga alohida toʻxtalib oʻtib, ishtirokchilarga zafarlar tiladi.

Murosasiz kechgan musobaqa yakunlariga koʻra Orifjonova Ominaxon va Nuraliyev Axror faxrli oʻrinlar, Anvarov Fayzulloga esa mutlaq gʻoliblik nasib etdi.

Musobaqa gʻoliblari hamda ishtirokchilari boshqarmaning Kasaba uyushmasi tomonidan qimmatbaho sovgʻalari bilan ham taqdirlandilar.

Aytish lozimki, respublikamiz davlat ramzlari xalqimizning shon - sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini oʻzida mujassam etib, tinch va osoyishta, ozod va erkin hayotimiz, yorugʻ kelajagimizga boʻlgan ishonchimiz ifodasidir. Respublikamiz davlat bayrogʻidagi ramzlar Oʻzbekiston sarhadida qadimda mavjud boʻlgan davlatlar bilan tarixan bogʻliqlikni hamda yurtimiz hududida yashovchi 130 dan ortiq millat va elatlarning anʼanalarini oʻzida mujassamlashtirgan.

Shu ramzlardan biri Davlat gerbidir. Gerb - bu bir davlatni boshqalardan ajratib turadigan nishoni, ramzi va timsolidir.

Davlatimiz gerbi 1992-yil 2-iyulda Oʻzbekiston Respublikasining Oliy Kengashi tomonidan qabul qilingan qonun bilan tasdiqlangan. Shu sabab, 2-iyul – Oʻzbekiston fuqarolari uchun bayram sifatida qadrli va unutilmas kunlardan biriga aylangan.

Xulosa oʻrnida aytsh lozimki, gerbimiz davlatimizning nafaqat siyosiy, milliy, xoʻjalik, jugʻrofiy, etnik va boshqa oʻziga xos xususiyatlarini, balki boy tarixiy anʼanalarini ham oʻzida mujassamlashtirgandir.

Andijon viloyati bojxona boshqarmasi
Axborot xizmati

2.07.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing