Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Boks boʻyicha Buxoro viloyati boʻlimining navbatdan tashqari hisobot-tayinlov konferensiyasi boʻlib oʻtdi
632
Oʻzbekiston boks federatsiyasi Buxoro viloyati boʻlimining navbatdan tashqari hisobot-tayinlov konferensiyasi boʻlib oʻtdi.

Mazkur konferensiyani Buxoro viloyati turizm va sport bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari I. Mirzayev ochib berdi.

Tadbirda viloyat boʻlimiga yangi rais va 1-vitse prezidentlari tayinlandi. Endilikda federatsiya prezidenti lavozimi Buxoro viloyati prokurori Maxmud Istamovga, 1-vitse prezidenti lavozimi esa Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi boshligʻi Baxodir Qutlimuratovga topshirildi.

Yaxshi bilasiz, bugungi kunda Buxoro viloyati boksi yurtimizda yetakchilardan biri sifatida eʼtirof etiladi. Viloyatdan bir qator jahon va Osiyo chempionlari yetishib chiqqan. Ammo boks bir joyda toʻxtab turmaydi. Endilikda ushbu yetakchilikni saqlab qolish, viloyat boksini yangi pogʻonaga koʻtarish talab etiladi.

Yigʻilish davomida bir qator masalalar boʻyicha hisobotlar tinglandi va kelgusidagi vazifalar ijrosi boʻyicha muhokamalar olib borildi.

13.07.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing