Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Sirdaryoda “Idoralararo mobil guruhi”ning oʻquv seminari boʻlib oʻtdi
622
Bu haqida Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasida BMTning Giyohvand va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasining “Mobil guruhlar tashkil qilish yoʻli bilan Oʻzbekistonda afgʻon giyohvandlik vositalarining kontrabandasiga qarshi kurashish” boʻyicha XAS/Z60 loyihasida Davlat bojxona qoʻmitasini ishtiroki doirasida tashkil etilgan “Idoralararo mobil guruxi”ning oʻquv seminarida maʼlum qilindi.

Mazkur seminarda BMTning giyohvandlik va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasining milliy kordinatori N.Abdukadirova, BMT xodimi Ken Ozava, Giyohvand moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazining yetakchi mutaxassisi J.Karimov hamda huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlarning mobil guruxi vakillari ishtirok etishdi.

Seminar jarayonida, Sirdaryo viloyati boʻyicha idoralararo mobil guruxi tomonidan 2020-yil va 2021-yilning 6 oyi mobaynida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan taqdimot koʻrinishida maʼruzalar qilindi.

Shuningdek, oʻquv seminari davomida Idoralararo mobil guruxi vakillari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasida giyohvand moddalar bilan bogʻliq vaziyat tendensiyasi tahlili, giyohvandlik jinoyatlaridan olingan daromadlarni legallashtirish holatlarini aniqlash uchun qoʻshimcha moliyaviy tekshiruvlar oʻtkazish xususiyatlari hamda internet saytlaridan foydalangan holda giyohvand moddalarining noqonuniy olib oʻtish va tarqatishning zamonaviy usullari toʻgʻrisidagi mavzularda aniqlangan huquqbuzarlik holatlari boʻyicha maʼlumotlar almashinildi.

Xususan, Sirdaryo viloyati boʻyicha idoralararo mobil guruxi tomonidan 2020-yil mobaynida 190 ta holatda jami 25,7 kg., 2021-yil 6 oyi mobaynida 99 ta holatda jami 33,3 kg. ogʻirlikdagi turli giyohvandlik vositalari aniqlangan.

Seminar yakunida, BMTning giyohvandlik va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Sirdaryo viloyati boʻyicha idoralararo mobil guruxining faoliyati ijobiy baholanib, kelgusida ushbu guruxning ish samaradorligini yanada oshirish, giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanuviga chek qoʻyish maqsadida qoʻshimcha zamonaviy texnika vositalar bilan taʼminlash, rivojlangan xorijiy davlatlarning amaliyotidan samarali foydalanish maqsadida qoʻshimcha oʻquv treninglarni tashkil etish yuzasidan oʻzaro kelishib olindi.

21.07.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing