Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Ommaviy axborot vositalari va jurnalistlar uchun matbuot anjumani boʻlib oʻtdi
605
Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “Soʻnggi besh yillikda bojxona organlarida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy natijalari” mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Tadbirda jurnalistlarga DBQ Raisining birinchi oʻrinbosari I.Muxtorov hamda masʼul boshqarmalar boshliqlari soʻnggi besh yillikda bojxona organlarida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy natijalari xususida batafsil toʻxtalib oʻtishdi.

Taʼkidlanganidek, bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasida Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari asosida amalga oshirilayotgan ulkan oʻzgarishlar, keng koʻlamli islohotlar xalqaro hamjamiyat tomonidan yuksak eʼtirof etilmoqda.

Ayniqsa, tadbirkorlik faoliyatini yanada liberallashtirish, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish, eksport salohiyatini oshirish, mahalliy mahsulotlarni tashqi bozorlarga chiqarish va tadbirkorlarga qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish borasida muhim islohotlar oʻtkazilmoqda.

Natijada, Oʻzbekistonning tashqi savdo aylanmasi 2020-yilga kelib, 2017-yilga nisbatan 51,5 foizga oshdi. Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari soni ham 2017-yilda salkam 7,5 ming nafarni tashkil qilgan boʻlsa, hozirda oʻrtacha 22,5 ming nafarni tashkil qilmoqda.

Оммавий ахборот воситалари ва журналистлар учун матбуот анжумани бўлиб ўтди

2016-yilda bojxona chegaralari orqali 361 mingdan ziyod avtotransport vositalari harakatlangan boʻlsa. 2020-yilda esa bu koʻrsatkich salkam 2.6 barobarga ortib, 934,5 mingdan oshdi.

Temir yoʻlda 2016-yilda – 532,9 mingdan ziyod vagon va konteynerlar orqali yuklar tashilgan boʻlsa, bu koʻrsatkich ham 1,4 barobarga oshib, 2020-yilda 748,9 mingni tashkil qildi.

Yoʻlovchilar soni 3 barobarga oshib, 2016-yilda 15,1 mln. nafarni, 2019-yilga kelib esa 42,5 mln. nafarni tashkil qildi.

2017-2021-yillarda bojxona sohasida 142 ta normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Shularning 23 tasi qonun, 40 tasi Prezident hujjatlari, 105 tasi huqumat qarorlari, 95 tasi DBQ qarorlari hisoblanadi. Natijada 10 dan ortiq ruxsatnoma hujjatlari bekor qilindi.

Bojxona organlari faoliyatida soʻnggi besh yilikning eng muhim yangiligi - “Xavfni boshqarish” tizimi tadbirkorlarda xalollik va qonunga itoatkorlikka intilishni ragʻbatlantirmoqda.

Hususan, tizim ishga tushirilgan dastlabki yilda 700 ga yaqin tashkilotlar halol deb baholangan boʻlsa, bugunga kelib ushbu tashkilotlar roʻyxati 1800 dan ortdi.

Ilgari tadbirkorlarning barcha yuklari yoppasiga bojxona koʻrigidan oʻtkazilgan boʻlsa, hozirda eksportda 84% va importda 74% yuklar soddalashtirilgan tartibda rasmiylashtirilmoqda.

Koʻriklar soni 1,7 marotaba kamayib, samaradorligi 1,5 barobar ortdi. Vaqt sarfi eksportda 1,7 marotaba va importda 1,4 barobar qisqardi.

Bojxona yuk deklaratsiyalarini roʻyxatdan oʻtkazish jarayoni toʻla avtomatlashtirildi. Natijada 1-2 daqiqani ichida tadbirkor deklaratsiyani bojxonada mustaqil ravishda oʻzi roʻyxatdan oʻtkazmoqda. Ilgari bu jarayonga oʻrtacha 1 soat vaqt sarflangan.

2017-yilga qadar bojxona organlari faoliyatiga 23 ta axborot tizimi joriy qilingan boʻlsa, hozirga kelib bu koʻrsatkich qariyb 3 barobarga ortib, 63 taga yetdi.

Bojxona nazoratining zamonaviy-texnik vositalari bilan taʼminlashga alohida eʼtibor qaratildi. 2017-yilda bojxona idoralari faoliyatida 1187 ta nazorat-texnik vositalardan foydalanilgan boʻlsa, hozirda 2021-yilga kelib bu koʻrsatkich 6 barobarga ortdi va 7047 tani tashkil qilmoqda.

2017-yilda davlat byudjetiga 7,6 trln. soʻm undirilgan boʻlsa, 2021-yil 1 yarim yillikda bu koʻrsatkich 15 trln. soʻmni tashkil qildi.

2017-yilga qadar import bojxona bojining oʻrtacha arifmetik stavkasi 15.6 % ni tashkil qilgan. Hozirda bu koʻrsatkich 8 % ni tashkil qiladi.

Mobil ilovalar orqali bojxona toʻlovlarini toʻlash imkoniyati joriy qilindi. 2020-yildan boshlab hozirga qadar 246 mlrd. soʻmlik bojxona toʻlovlari aynan mobil ilovalar orqali amalga oshirildi.

Bojxona toʻlovlarini kechiktirib toʻlash uchun elektron murojaat qilish yoʻlga qoʻyildi.

Kontrabanda bojxona qonunchiligi buzilishi holatlari aniqlanishi natijasida 2017-yilda 125,3 mlrd. soʻmlik tovarlarning noqonuniy olib oʻtilishiga chek qoʻyilgan, 2021-yilning dastlabki yarmida esa bu koʻrsatkich 376,3 mlrd. soʻmni tashkil qilgan.

Aniqlangan holat yuzasidan 2017-yilda 6.4 mlrd. soʻmlik qoʻshimcha bojxona toʻlovlari hisoblangan boʻlsa, joriy yilning 6 oyi davomida 271,4 mlrd. soʻm qoʻshimcha bojxona toʻlovlari hisoblandi.

Anjumanda bojxona sohasiga doir barcha yoʻnalishlarda erishilgan koʻrsatkichlar yillar kesimida aniq tahlillar va misollar bilan koʻrgazmali tarzda jurnalistlarga yetkazildi.

Tadbirda jurnalistlar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javoblar olishdi.

26.07.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing