Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Qonunbuzarlikning oldini olish, uni aniqlashdanda muhim
641
Barchamizga maʼlumki qonunbuzilishi holatlarini aniqlashdan koʻra ularni oldini olish koʻproq samara beradi. Shu sababli, bojxona organlarida ham ushbu yoʻnalishdagi ishlarga alohida eʼtibor qaratilgan.

Shu masalada, “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi tomonidan Toshkent xalqaro aeroportida xorijiy davlatlarga uchib ketayotgan yoʻlovchilarni bojxona qonunchiligi bilan tanishtirish va yuzaga kelishi mumkin boʻlgan qonunbuzilishi holatlarini oldini olish maqsadida profilaktik suhbatlar oʻtkazish yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, ushbu profilaktik tadbirlar doimiy ravishda olib borilmoqda.

Bu safar, bojxonachilar tomonidan yoʻlovchilarga tovar moddiy boyliklari, xususan, zargarlik buyumlari va naqd xorijiy valyutalarni olib oʻtish tartibi hamda meʼyorlari, Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilishi taqiqlangan buyumlar va materiallar haqida tushuntirishlar berildi.

Shu bilan birga, yoʻlovchilar xorijdan qaytayotganlarida turli xil nayranglarga uchmasliklari, gʻaraz maqsadlarda halol insonlarning ishonuvchanliklaridan foydalanishga urinadigan shaxslardan ogoh boʻlishlari taʼkidlab oʻtildi.

28.07.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing