Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Press tur davomida jurnalistlar tadbirkorlarga yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishishdi
699
Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan yurtimizda faoliyat olib borayotgan importyor va eksportyor korxonalarga jurnalist va blogerlar uchun press tur tashkil qilindi.

Asosan oziq-ovqat tovarlari va tozalik vositalarini Yevropa, Rossiya, Xitoy va boshqa mamlakatlardan import qiluvchi Kelesdagi “SUPPORT SAMARQAND” MCHJ tomonidan joriy yilning oʻtgan davri mobaynida 270 ta bojxona yuk deklaratsiyalari “Keles” TIF bojxona postiga taqdim qilingan.

Пресс тур давомида журналистлар тадбиркорларга яратилган қулайликлар билан яқиндан танишишди

Bojxona organlari faoliyatiga joriy qilingan “Xavflarni boshqarish” tizimida mazkur deklaratsiyalarning 91 foizi “yashil” va “sariq” yoʻlak orqali rasmiylashtirilgan. Sodda qilib aytganda, korxonaga tegishli tovarlar hech qanday bojxona koʻriklarisiz bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazilgan. Yaʼni, halol va qonunga itoatkorligi sababli ushbu tadbirkorlik subyektiga ishonch billirilgan. Aslida bu ham oʻziga xos ragʻbat – tadbirkorning vaqti va harajatlari tejalmoqda.

Vaxolanki, atigi 4-5 yil avval ham tadbirkorlarning barcha yuklari hujjatlarida kamchilik boʻlish-boʻlmasligidan qatʼiy nazar yoppasiga tekshirilardi. Buning uchun qancha vaqt yoʻqotilar, yuklar bojxona omborlaridan oylab qolib ketardi.

Endi esa tadbirkor tovarlarini bevosita oʻz omboriga tushirmoqda. Yil boshidan buyon ushbu korxona chetdan keltirilgan 7.9 mln. AQSH dollari qiymatidagi tovarlar uchun davlat byudjetiga 18,3 mlrd. soʻmlik bojxona toʻlovlarini toʻlagan.

Bu jarayonlarning barchasini tadbirkor oʻz idorasidan chiqmasdan turib amalga oshiradi. Bojxona xodimi bilan koʻrishib, toʻgʻridan toʻgʻri muloqotga kirishga umuman hojat yoʻq.

Taʼkidlash joizki, ushbu korxona vakolatli iqtisodiy operator maqomiga ega.

2019-yil 1-fevraldan boshlab, insofli tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga soddalashtirilgan bojxona tartib-taomillaridan foydalanish huquqini taqdim etishni nazarda tutuvchi xalqaro standartlarga muvofiq vakolatli iqtisodiy operatorlari instituti joriy etilgan edi.

Bugungi kunda respublikada vakolatli iqtisodiy operator maqomiga ega boʻlgan 30 dan ortiq yuridik shaxs bojxona operatsiyalarini amalga oshirishda maxsus soddalashtirishlardan foydalanib kelmoqda.

Hozirda vakolatli iqtisodiy operatorlar uchun bojxona yuk deklaratsiyasi taqdim etilgunga qadar tovarlarni chiqarib yuborish boʻyicha yangi maxsus soddalashtirish joriy etildi.

Eng katta qulayliklardan biri shundaki, vakolatli iqtisodiy operatorlar bojxona toʻlovlarini boʻlib-boʻlib yoki kechiktirib toʻlash imkoniga egalar. Shuningdek. ishlab chiqarishda zarur boʻlgan xom ashyo va tovarlarni bojxona omboriga tushirmasdan turib, oʻz omborlariga toʻgʻridan toʻgʻri tushirish imkoniyatiga ega boʻlishmoqda.

Chirchiq shahridagi mana bu toʻqimachilik korxonasi ham bojxonadagi qulayliklar va yengilliklardan samarali foydalanib kelmoqda.

Yil boshidan buyon ushbu korxonada ishlab chiqarilgan qiymati 19 mln. dollarlik mahsulotlar AQSH, Belarus, Bolgariya, Vengriyeya, Germaniya, Finlyandiya, Rossiya, Moldova. Turkiya, Koreya, Ozarbayjon. Qozogʻiston kabi oʻnlab mamlakatlarga eksport qilingan. Eksport koʻrsatkichi oʻtgan yili 16.3 mln. dollarini tashkil qilganini inobat olsak, joriy yilda koʻrsatkichlar sezilarli ravishda oʻsdi.

Yil boshidan buyon korxonaga chetdan keltirilgan qiymati 6.7 mln. dollarlik texnologik asbob-uskuna va xomashyolar uchun bojxona toʻlovlaridan 4.6 mlrd. soʻmlik imtiyozlar qoʻllanildi.

Mazkur jarayonlar bojxonada 320 ta bojxona yuk deklaratsiyalari asosida rasmiylashtirligan boʻlib, mazkur deklaratsiyalarning 97 foizi “yashil” va “sariq” yoʻlaklarda rasmiylashtirilgan.

Tadbir davomida barcha jurnalistlar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

29.07.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing