Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
“Yallama” chegara bojxona postiga xalqaro konsultantlar tashrif buyurishdi
712
AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligining Markaziy Osiyoda ish oʻrinlarini tashkil etish, savdo va raqobatbardoshlik boʻyicha loyihasi (USAID) doirasida xorijiy mutaxassislar Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Yallama” chegara bojxona postiga xalqaro konsultantlarning amaliy tashrifi boʻlib oʻtdi.

Tashrif davomida Gruziyalik xalqaro konsultantlar Vaxtang Lashkaradze va Givi Nadiradzelar bojxona organlarida raqamli bojxonani yanada rivojlantirish yuzasidan oʻz tavsiyalarini ishlab chiqish maqsadida bojxona postidagi mavjud sharoitlar va imkoniyatlar bilan tanishishdi. Delegatsiya aʼzolari “Yallama” chegara bojxona postining geografik joylashuvi, ish faoliyati, yoʻlovchilar va transport vositalarini bojxona chegarasidan oʻtkazish boʻyicha imkoniyatlari, bojxona koʻrigi va rasmiylashtiruvi jarayonida foydalaniladigan texnik vositalar va innovatsion texnologiyalar, shuningdek yangi barpo etilayotgan bojxona terminali haqida oʻzlarini qiziqtirgan masalalar boʻyicha maʼlumotlar olishdi.

Shuningdek, delegatsiya aʼzolari bojxona postida tashkil etilgan Situatsion markaz va Xavflarni boshqarish tizimi faoliyati bilan tanishib, bu tadbirlarni raqamli bojxona xizmatni tashkil etishda muhim qadamlar ekanligni eʼtirof etishdi.

4.08.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing