Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Qashqadaryoda korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali usullari qoʻllanilmoqda
689
Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi rahbariyati va masʼul tarkibiy tuzilmalar rahbarlari tomonidan boshqarma xodimlari oʻrtasida korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan doimiy tarzda tushuntirish va targʻibot ishlari amalga oshirilmoqda.

Xususan, shaxsiy tarkib ishtirokida oʻtkaziladigan yigʻilishlarda xodimlar oʻz xizmat vazifalarini halol, vijdonan, yuqori professional darajada va vakolatlaridan chetga chiqmagan holda bajarishlari, har qanday vaziyatda oʻz shaʼni va qadr-qimmatini saqlashi, odob-ahloq kasb etika qoidalariga rioya qilishi, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilariga xushmuomalada boʻlish, qoʻpol muomalada boʻlmasligi, shuningdek bojxona organlarini obroʻsizlantirish va nufuziga putur yetkazishi mumkin boʻlgan xatti-harakatlardan oʻzini tiyishi, oʻz xizmat vazifalarini amalga oshirish bilan bogʻliq harakat yoki harakatsizlik evaziga pul, moddiy boylik va mulkiy ahamiyatga ega xizmatlar yoki boshqa koʻrinishda haq olmasligi, oʻz xizmat mavqeidan oʻzi, qarindoshlari va boshqa shaxslar uchun biron-bir manfaat, xizmat, tijorat yoki boshqacha tarzda foyda olish maqsadida foydalanmasligi, shaxsiy masalalar yuzasidan davlat organlari va tashkilotlarga murojaat qilganda xizmat mavqeidan foydalanmasligi xakida doimo yodda tutmoqligi uqtirib kelinmoqda.

Shuni alohida taʼkidlash lozimki, korrupsiya murakkab ijtimoiy hodisa boʻlib, unga qarshi kurashish uchun alohida choralarni qoʻllash samarali hisoblanmaydi, bunda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat va jamiyatning oʻzaro jipsligi talab etiladi. Mazkur yoʻnalishda olib borilayotgan islohotlar fuqarolar tomonidan ham faollik koʻrsatilsagina, koʻzlangan natijani berishi mumkin.

Shunday ekan biz korrupsiyaga qarshi kurashda jamoatchilik nazoratini kuchaytirishimiz, barchamiz birga harakat qilishimiz zarur.

Bunda korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatining maqsadi va obyekti sifatida alohida olingan qonunbuzar emas, balki ushbu xatti-harakatlarni amalga oshirishga sharoit yaratib beruvchi holatlarini bartaraf qilish va profilaktik oldini olish choralarida namoyon boʻlishini anglagan holda harakat qilishimiz talab etiladi.

Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida keng jamoatchilik bilan hamkorlik uchun Davlat bojxona qoʻmitasining qisqa 11-08 hamda boshqarmada tashkil qilingan (75) 221-04-80 ishonch telefon raqami doimiy faoliyat koʻrsatayotganligi maʼlum qiladi.

4.08.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing