Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Xorazmda “Eng namunali boshlangʻich tashkilot” yetakchisi aniqlandi
707
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining Xorazm viloyat Kengashi tomonidan kengashga aʼzo boshlangʻich tashkilotlar oʻrtasida “Eng namunali boshlangʻich tashkilot” koʻrik-tanlovining viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi.

Koʻrik-tanlov shartlariga koʻra, kasaba uyushmalari harakatini tashkiliy jihatdan mustahkamlash, shuningdek, xodimlar oʻrtasida kasaba uyushmalari mavqeyini oshirish, jamoaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida boshlangʻich tashkilotlar faol ishtirokini taʼminlashga qaratilganligiga eʼtibor qaratildi.

Tanlovda, 100 nafardan ziyod aʼzolarni birlashtirgan davlat muassasalari va jamoat xizmati tashkilotlar oʻrtasida Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi Kasaba uyushmasi boshlangʻich tashkiloti yetakchisi I.Matniyozov gʻolib deb topilib, I darajali diplom va esdalik sovgʻasi bilan taqdirlandi.

Ushbu mukofot bojxona organlari tizimida Kasaba uyushmasi boshlangʻich tashkilotlariga koʻrsatilayotgan eʼtiborning yorqin namunasi boʻlib xizmat qiladi.

 

Xorazm viloyati bojxona
boshqarmasi
Axborot xizmati

4.08.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing