Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Davlat bojxona qoʻmitasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan munosabat bildiradi
466

Davlat bojxona qoʻmitasida jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish yuzasidan mavjud shart-sharoitlarga nisbatan ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan videomurojaat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.
2021-yilning 9-iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda Davlat bojxona qoʻmitasida jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish xonasida yetarli shart-sharoitlar mavjud emasligi haqida videomurojaat eʼlon qilindi.

Davlat bojxona qoʻmitasi videomurojaatda tavsirga tushirilgan xona fuqarolarni qabul qilish xonasi emas, aksincha jismoniy va yuridik shaxslar hamda pochta xizmatlari tomonidan olib kelinadigan xat-hujjatlarni qabul qilish xonasi ekanligini maʼlum qiladi.

Shu oʻrinda taʼkidlash joizki, Davlat bojxona qoʻmitasida murojaatlar bilan ishlashda bojxona organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi alohida tarkibiy-tuzilma - Murojaatlar bilan ishlash boʻlimi tashkil qilingan.

Barcha bojxona organlari, shu jumladan, eng olis chegara hududlarida qiyin sharoitlarda faoliyat yuritayotgan bojxona postlarida ham jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash uchun zarur shart-sharoitga ega boʻlgan va zamonaviy talablar asosida jihozlangan qabulxonalar tashkil qilingan.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning oʻtgan davrida Davlat bojxona qoʻmitasiga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 1132 ta murojaatlar kelib tushgan. Murojaatlarning 980 tasi (86,5 %) jismoniy shaxslarga, 152 tasi (13,4 %) yuridik shaxslarga tegishli.

Jumladan, DBQ rahbariyati tomonidan 60 marotaba sayyor qabullar oʻtkazildi. Oʻtkazilgan sayyor qabullarda 500 nafardan ortiq tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari, jismoniy va yuridik shaxslar ishtirok etdi.

Sayyor qabullarda kelib tushgan 154 ta murojaatlarining 85 tasi (55,1%) joyida ijobiy hal etildi, 17 tasi (11%) tegishliligi boʻyicha boshqa idoralarga yuborildi va 52 tasi (33,7%) boʻyicha amaldagi qonunchilik talablari tushuntirildi.

Davlat bojxona qoʻmitasi bojxona organlari faoliyatiga doir xolis va haqqoniy xabarlarni eʼlon qilishda ommaviy axborot vositalari, keng jamoatchilik vakillari bilan oʻzaro hamkorlikka doimo tayyor ekanligini maʼlum qiladi.

11.07.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing