Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Namanganning eksport salohiyati tobora oshmoqda
940
Yurtimizda iqtisodiyotni barqarorlashtirish boʻyicha amalga oshirilgan muhim islohotlar natijasida, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish hamda ularni eksport qilish uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratildi.
Namanganning eksport salohiyati tobora oshmoqda

Islohotlar samarasini birgina Namangan viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlarning raqamlardagi ifodasida koʻrishimiz mumkin. Joriy yilning oʻtgan 8 oyi mobaynida, boshqarma tomonidan 16 653 ta bojxona yuk deklaratsiyalari rasmiylashtirildi.
Viloyatda eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan tovarlar hajmi 251 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Eksport tovarlarining asosiy qismini toʻqimachilik mahsulotlari, kalava ip, meva-sabzavot mahsulotlari, teri mahsulotlari, transport va uning ehtiyot qismlari hamda boshqa sanoat mahsulotlari tashkil etdi.
2021-yil yanvar-avgust oylari mobaynida Namangan viloyatidan tovarlar 40 ta davlatlarga eksport qilingan boʻlib, eksportning katta ulushi Rossiya, Xitoy, Qirgʻiziston, Turkiya, Qozogʻiston, Polsha, Ukraina, Tojikiston, Portugaliya va Misr mamlakatlariga toʻgʻri keladi.
Import qilingan mahsulotlar orasida eng katta ulush texnologik asbob-uskunalari 38,8 foizni, toʻqimachilik mahsulotlari 8,4 foizni, yogʻoch mahsulotlari 7,7 foizni, oziq-ovqat mahsulotlari 5,9 foizni hamda kimyo sanoati mahsulotlari 6,1 foizni tashkil qilgan.
Shuningdek, 2021-yil yanvar-avgust oylarida Namangan viloyatiga 56 davlatlardan tovarlar va xizmatlar importi amalga oshirilgan.
Boshqarma tomonidan joriy yilning oʻtgan 8 oyi davomida import qilingan tovarlarga qonunchilikda belgilangan stavkalar asosida jami 685 mlrd. soʻm miqdorida bojxona toʻlovlari hisoblanib, shundan tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash maqsadida 288,4 mlrd. soʻm qismiga bojxona toʻlovlaridan imtiyozlar berildi hamda davlat byudjetiga 396,6 mlrd. soʻm undirildi.
Bojxona organlari tomonidan yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash, xususan, yurtimizga tovarlarni noqonuniy olib kirishga urinish holatlarini oʻz vaqtida aniqlash va ularga barham berish borasida koʻplab chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, boshqarma tomonidan 2021-yilning 8 oyi davomida jami 404 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib, ular boʻyicha 19 mlrd. 959,2 mln. soʻmlik tovar-moddiy boyliklar huquqbuzarlik ashyosi sifatida vaqtincha saqlovga olingan.
Qisqacha aytganda, bojxona organlari tomonidan olib borilayotgan bu kabi saʼy-harakatlardan koʻzlangan asosiy maqsad respublika iqtisodiyotini yanada rivojlantirish va bu orqali xalqimiz hayotini yanada farovon qilishga qaratilgandir.

6.09.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing