Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
“Lasetti”ga yashirilgan dorilar manzilga yetib bormadi
661
Sifati kafolatlanmagan dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan muntazam ravishda kurash olib borilmoqda.
“Lasetti”ga yashirilgan dorilar manzilga yetib bormadi

Xususan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari DXX xodimlari bilan hamkorlikda navbatdagi qonunbuzilish holatini fosh etishdi.
Yangiqoʻrgʻon tumanining chegara oldi hududida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro M.B. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtotransport vositasi toʻxtatilib belgilangan tartibda koʻzdan kechirildi.
Koʻzdan kechirish natijasida avtotransport vositasi yukxonasida, tegishli hujjatlari boʻlmagan, umumiy qiymati 80 million soʻmlik xorijda ishlab chiqarilgan 22 237 dona tibbiyot dori vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida vaqtincha saqlovga olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

7.09.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing