Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
300 million soʻmlik tovarlarning noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi
609
Bojxona toʻlovlarini chetlab oʻtishga boʻlgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli tarzda kurash olib borilmoqda.
300 million soʻmlik tovarlarning noqonuniy aylanmasiga  chek qoʻyildi

Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda Yangiqoʻrgʻon tumanida tezkor tadbir oʻtkazishdi.
Oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida Yangiqoʻrgʻon tumanida yashovchi fuqaro M.A.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida belgilangan tartibda koʻzdan kechirildi.
Natijada ushbu xonadon hovlisida tegishli hujjatlari boʻlmagan, xorijda ishlab chiqarilgan jami 100 million soʻmlik maishiy texnika vositalari noqonuniy tarzda saqlanayotganligi aniqlandi.
Yana bir holatda, Yangiqoʻrgʻon tumanida yashovchi fuqaro X.B.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida belgilangan tartibda koʻzdan kechirildi.
Tekshiruv davomida, ushbu xonadonning yertoʻlasida tegishli hujjatlari boʻlmagan, xorijda ishlab chiqarilgan jami 200 million soʻmlik kiyim kechaklar borligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

7.09.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing