Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Madaniy boyliklarni olib chiqishga boʻlgan urinish chippakka chiqdi
602
Bojxona xodimlari yurtimiz iqtisodiy xavfsizligini taʼminlash bilan birga madaniy boyliklarimizni xorijga noqonuniy olib chiqishga boʻlgan urinishlarga ham oʻz vaqtida chek qoʻyishmoqda.
Madaniy boyliklarni olib chiqishga boʻlgan urinish chippakka chiqdi

Jumladan, “Navoiy aeroporti” orqali xorijga uchib ketayotgan fuqaro S.A.ning xatti-harakatlari bojxonachilar eʼtiborini tortdi va ushbu fuqaro belgilangan tartibda bojxona koʻrigidan oʻtkazildi.
Natijada, fuqaro S.A.ga tegishli boʻlgan sumka ichida, deklaratsiyada koʻrsatilmagan va bojxonachilarning ogʻzaki soʻrovida maʼlum qilinmagan jami 8 dona qogʻoz kupyuralar va 1 dona tanga hech kanday hujjatlarsiz olib chiqib ketilayotganligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

9.09.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing