Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Bojxonachilar “Qorabayir otchilik majmuasi”da boʻlishdi
1017
Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan viloyatda faoliyat yuritayotgan korxonalar vakillari bilan muntazam ravishda uchrashuvlar oʻtkazilmoqda.
Bojxonachilar “Qorabayir otchilik majmuasi”da boʻlishdi

Mazkur uchrashuvlarda, mavjud muammolar oʻrganilib, tezkorlik bilan yechish choralari koʻrilmoqda. Shuningdek, tadbirkorlarga bojxonada yaratilgan qulayliklar, eksportdagi yengilliklar, bojxonaga oid imtiyozlardan samarali foydalanish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Bu boradagi navbatdagi tashrif Yakkabogʻ tumanida joylashgan “Qorabayir otchilik majmuasi”ga uyushtirildi.
Mazkur majmuada hozirda milliy iftixorimiz sanalgan qorabayir otlari yetishtirilmoqda.
Yurtboshimizning tashabbusi va taklifiga koʻra bunyod etilgan majmua mamlakatimizda yilqichilik va ot sportini rivojlantirishga boʻlgan alohida eʼtibor namunasi boʻldi.
“Qorabayir otchilik majmuasi” davlat unitar korxonasining tashkil etilishi va bu yerda nasldor sport otlari tizimli ravishda yetishtirilishi kelajakda yurtimiz ot sportining hamda ot bilan bogʻliq milliy oʻyinlarimizning jahonga chiqishida asosiy tayanch boʻladi. Boshqacha aytganda, yaqin kelajakda ushbu korxona tashqi va ichki bozorni naslli otlar bilan taʼminlash bilan birga oʻzbek ot sportining jahonda yetakchi oʻringa chiqishida poydevor vazifasini oʻtaydi.
- Qorabayir zotli otlarni koʻpaytirishga davlatimiz tomonidan barcha sharoitlar yaratib berilgan, - deydi majmua rahbari oʻrinbosari Zokir Yeshnazarov. – Yaqinda biz Malayziya davlatining Polo federatsiyasi bilan suhbatlashganimizda, qorabayir zotli otlarimiz polo oʻyinlariga har tomonlama mos kelishini bildirdi. Shundan kelib chiqib, biz oldimizga qorabayir otlarini koʻpaytirib, chet davlatlarga eksport qilishni maqsad qilganmiz.
Maʼlumot uchun, majmuaning umumiy yer maydoni 1204,6 gektar boʻlib, shundan 10 gektari qurilish maydonini, 200 gektari ozuqa ekinlari yetishtiriladigan suvli maydonlarni, qolgani otlarni boqishga moʻljallangan yaylov yerlarini tashkil etadi.

9.09.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing