Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Agrokimyoviy dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi
632
Bojxona qonunbuzilishi holatlariga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Agrokimyoviy dori vositalarining noqonuniy  aylanmasiga chek qoʻyildi

Jumladan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda Chortoq tumanida tezkor tadbir oʻtkazishdi.
Oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida Chortoq tumanida yashovchi fuqaro J.M.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida belgilangan tartibda koʻzdan kechirildi.
Natijada ushbu xonadonning yertoʻlasida tegishli hujjatlari boʻlmagan, xorijda ishlab chiqarilgan jami 44 million soʻmlik 487 litr qishloq xoʻjaligida qoʻllaniladigan kimyoviy dori vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

9.09.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing