Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
“Toshkent-tovar” bojxona postida tadbirkorlar bilan sayyor uchrashuv boʻlib oʻtdi
750
Yurtimizda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va qulay ishbilarmonlik muhitini yaxshilash borasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
“Toshkent-tovar” bojxona postida tadbirkorlar bilan sayyor uchrashuv boʻlib oʻtdi

Bojxona organlari tomonidan ham tadbirkorlik subyektlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish hamda tadbirkorlarning murojaatlarini oʻz vaqtida koʻrib chiqib, ularga amaliy yordam koʻrsatilishi borasida tizimli ishlar yoʻlga qoʻyilgan.
Ayni shu maqsadda, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Toshkent-tovar” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi.
Ochiq muloqotda boshqarma boshligʻi T.Saidov, Tashkiliy nazorat va tahlil boʻlimi boshligʻi J.Ibodullayev, Tashqi savdo operatsiyalari monitoringi va bojxona statistikasi boshligʻi A.Madumarov hamda bojxona posti boshligʻi Sh.Bakiyevlar ishtirok etishdi.
Muloqotlar davomida tadbirkorlik subyektlarini bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida yuzaga kelayotgan muammolari tinglanib, ular tomonidan bildirilgan murojaatlarga atroflicha javoblar berildi.
Qoʻshimcha oʻrganish talab etiladigan masalalar boʻyicha mutasaddi boʻlimlarga topshiriqlar berildi.
Bu kabi yuzma-yuz doʻstona muloqotlar tadbirkorlarning murojaatlariga oʻz vaqtida yechim topishiga, tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada liberallashtirishga, qolaversa soha rivojiga munosib hissa qoʻshadi.

Munis XALILOVA,
“Toshkent-tovar” bojxona posti katta inspektori

10.09.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing