Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Eski uskunaga imtiyoz olish rejasi amalga oshmadi
621
Tovar moddiy boyliklarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona idoralari tomonidan tizimli tarzda kurash olib borilmoqda.
Eski uskunaga imtiyoz olish rejasi amalga oshmadi

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Chuqursoy” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postiga xorijiy mamlakatdan umumiy qiymati salkam
1,6 mln. dollarlik ID kartalarni ishlab chiqarish liniyasi uskunalari keltirildi.
Bojxona toʻlovlaridan 2.5 mlrd.soʻm miqdorida imtiyoz qoʻllangan holda taqdim etilgan bojxona yuk deklaratsiyasi maʼlumotlari hamda olib borilgan ekspertiza tekshiruvlari davomida uskunalarning TIF TN kodlari notoʻgʻri tasniflanganligi, shuningdek uskunaning ishlab chiqarilgan yili eski ekanligi aniqlandi.
Natijada, uskunalarga qoʻllanilgan imtiyozlarning bir qismi bekor qilinib, 518,3 mln. soʻm miqdorida qoʻshimcha bojxona toʻlovlari hisoblandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

10.09.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing