Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Qingʻir ishning qiyigʻi chiqdi
635
Yurtimizga turli nayranglarni qoʻllagan holda tovar moddiy boyliklarini yashirincha olib kirishga boʻlgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli tarzda kurash olib borilmoqda.
Qingʻir ishning qiyigʻi chiqdi

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi “Olot” chegara bojxona postiga qoʻshni mamlakatdan kirib kelgan fuqaro B.R. boshqaruvidagi “DAF” rusumli yuk avtomashinasi belgilangan tartibda bojxona nazoratidan oʻtkazildi.
Natijada, avtomashinada yuk kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilmagan, umumiy qiymati salkam 102 mln. soʻmlik, 127 dona “Rakovina” tovarlari borligi aniqlandi.
Yana bir holatda mazkur postga kirib kelgan yuk avtomashinasi belgilangan tartibda bojxona nazoratidan oʻtkazildi.
Oʻtkazilgan tekshiruv davomida, yuk kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilmagan va koʻrsatilganidan ortiqcha boʻlgan, umumiy qiymati 64 mln. soʻmlik avtotransport vositalari ehtiyot qismlari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

10.09.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing