Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Tadbirkorlar bilan bojxona xodimlarining “mijozbay” tizimidagi uchrashuvi oʻtkazildi
731
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida 2021-yil 8-aprel kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish toʻgʻrisida berilgan topshiriqlardan kelib chiqib, 2021-yil 8-sentyabr kuni Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasida tashkil etilgan Ishchi guruhi tomonidan Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi rahbariyati boshchiligida Boyovut tumani hokimi oʻrinbosari – Investitsiya va tashqi savdo boʻlimi boshligʻi M.Xamidjonov va Savdo-sanoat palatasi Boyovut tuman sektori mudiri B.Suvonqulov hamda Boyovut tumani Dehqonobod QFYda joylashgan “Golden Osiyo Center So” MCHJ shaklidagi xususiy korxonasining mutasaddi rahbarlari ishtirokida “mijozbay” tizimida uchrashuv oʻtkazildi.
Tadbirkorlar bilan bojxona xodimlarining “mijozbay” tizimidagi uchrashuvi oʻtkazildi

Mazkur uchrashuv, Sirdaryo viloyatining 2020-2021-yillar davomida amalga oshirilgan eksport-import operatsiyalar koʻrsatkichlari tahlili hamda bojxona organlari bilan vujudga kelishi mumkin boʻlgan nizolarni muqobil hal etish mavzusida boʻlib oʻtib, bugungi kunda davlat rahbari va hukumatimiz tomonidan tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashda berilayotgan keng imkoniyatlarga alohida toʻxtalib oʻtildi.
Uchrashuv davomida eksport-import operatsiyalarini amalga oshirilishida soddalashtirilgan tartib-tamoyillarning joriy qilinganligi va bu borada 2020-2021-yillarda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborotlar berildi.
Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi “Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi va 2021-yil 8-iyuldagi “Bojxona maʼmuriyatchiligi va tartib-taomillarini yanada soddalashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorlari boʻyicha mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarga berilayotgan imkoniyatlar va qulayliklar toʻgʻrisida yigʻilish ishtirokchilariga batafsil tushuntirishlar va maslahatlar berildi.
Uchrashuv yakunida korxonaning mahsulot ishlab chiqarish jarayoni bilan yaqindan tanishildi va kelgusidagi eksport salohiyatini koʻpaytirish boʻyicha rejalarini amalga oshirishda bojxona xodimlari tomonidan yaqindan amaliy yordam koʻrsatilishi boʻyicha kelishib olindi.

10.09.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing