Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Chet ellik hamkorlarga sifatli bojxona xizmati koʻrsatilmoqda
929
Bojxona ishi serqirraligi bilan ajralib turadi. Bojxona xodimlarini xalqaro aeroportlarda, temir yoʻl va avtomobil oʻtkazish punktlarida, daryo porti hamda yirik logistika markazlarida koʻrishga odatlangansiz.

Ammo, tizimda oʻziga xos, respublikamizda yagona boʻlgan “Chet el vakolatxonalari” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti ham mavjud.
Bojxona postida chet davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari, Bosh konsulliklar, Savdo vakolatxonalari, Xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari va Xalqaro hukumatlararo va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalari rasmiy foydalanishi uchun moʻljallangan tovar va transport vositalari, shuningdek bojxona postida mamlakatimizning investitsion muhiti, eksport salohiyati samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan turli xalqaro koʻrgazma va tadbirlarda ishtirok etish maqsadida olib kelinayotgan tovar va transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshiriladi.
Bojxona posti Tashqi ishlar vazirligi Diplomatik korpusga xizmat koʻrsatish byurosi hududida joylashgan.
Raqamlarga murojaat qilsak, bojxona postida 2021-yilning 8 oyi davomida 1555 ta bojxona yuk deklaratsiyalari rasmiylashtirilib, ular boʻyicha 22 mlrd. soʻmdan ortiq bojxona toʻlovlari davlat byudjetiga oʻtkazilishi taʼminlandi.
Bojxona postida 8 oy davomida qiymati 21 mln. 762 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi 1281 tn. ogʻirlikdagi tovar va transport vositalarining bojxona nazorati amalga oshirilgan.
Bojxona postida xizmat jarayoni qiziqarliligi bilan ham ajralib turadi. Chunki, bu yerda turli millat vakillariga mansub xorijiy shaxslarning oʻzlari bilan yurtimizga olib kelgan oʻz millatlariga xos boʻlgan turli milliy buyumlarinining ham bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshiriladi.
Mazkur postda ishlash boshqa bojxona postlarida ishlashdan koʻra ancha farq qiladi. Bojxona postida bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlarining asosiy ishtirokchilarini chet el fuqarolari, diplomatlar hamda elchilar tashkil etadi. Bu esa post xodimlaridan yuksak darajada etiket qoidalariga rioya qilish, xushmuomala boʻlish, bojxona nazoratini tezkor tartibda amalga oshirishni talab etiladi. Chunki, bizning faoliyatimizga qarab Oʻzbekiston bojxonasi toʻgʻrisida ularda tasavvur paydo boʻladi.

Bahrom BAXTIYEV,
“Chet el vakolatxonalari” bojxona posti boshligʻi

11.09.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing