Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Changyutgichlarni yashirincha olib kirish rejasi chippakka chiqdi
613
Bojxona organlari tomonidan tovar-moddiy boyliklarining mamlakatimizga noqonuniy ravishda olib kirilishiga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Changyutgichlarni yashirincha olib kirish rejasi  chippakka chiqdi

Jumladan, Fargʻona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari Milliy Gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida “Vodil-Fargʻona” yoʻnalishida harakatlanayotgan fuqaro X.Z. boshqaruvidagi “Mersedes Bens Vito” rusumli avtotransport vositasi toʻxtatilib, xolislar ishtirokida koʻzdan kechirildi.
Natijada, avtomashina saloni va yukxonasida muqaddam xorijda ishlab chiqarilgan va bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlmagan, umumiy qiymati 66,3 million soʻmlik jami 78 dona changyutgichlar borligi aniqlandi
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

13.09.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing