Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Shahrisabzda jahon standartlariga mos keladigan milliy mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda
704
Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan “Bojxonachi tadbirkor tayanchi” shiori ostida viloyat hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar huzuriga tashrif buyurib, tadbirkor oldida turgan muammolarni bartaraf etish, bojxonada tadbirkorlarga yaratilgan yengilliklarni tushuntirish va imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan tushuntirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Shahrisabzda jahon standartlariga mos keladigan milliy mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda

Mazkur yoʻnalishdagi navbatdagi uchrashuv Shahrisabz shahrida joylashgan Shahrisabz tekstil korxonasida boʻlib oʻtdi.
Umumiy qiymati 15 million yevrolik ushbu loyiha foydalanishga topshirilganiga hali koʻp vaqt boʻlmadi. Korxona kalava ip va mato mahsulotlari ishlab chiqarishga moʻljallangan. Yiliga 7,5 ming tonna ip kalava va mato ishlab chiqarish quvvatiga ega. Ishlab chiqarish jarayoni uchun Germaniya va Yaponiya davlatlaridan eng zamonaviy ip yigiruv va toʻquv dastgohlari olib kelinib oʻrnatilgan.
Korxonada xorijlik hamkorlar talabi asosida ham mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Bu borada, paxta tolasini analogi boʻlgan sunʼiy tolalar chetdan import asosida olib kelinib, shundan ip va mato ishlab chiqarilmoqda hamda chetga eksport qilinmoqda. Korxonada bir oyda 600 tonna mahsulot ishlab chiqarilmoqda.
Bu yerda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar jahon standartlariga toʻla mos kelganligi sababli, buyurtmachilar soni ham kun sayin ortib bormoqda. Joriy yilning oʻtgan davri mobaynida 2,3 million AQSH dollarilik ip va mato Turkiya, Rossiya, Belorus va Hindiston davlatlariga eksport qilindi.
Shuningdek, mahalliy yosh mutaxassislarga zamonaviy texnologiyalardan foydalanish sir-asrorlarini oʻrgatib borish uchun Turkiya va Hindiston davlatlaridan malakali mutaxassislar jalb qilingan.
Ayni kunda korxona mutasaddilari tomonidan paxta xom ashyosini yetishtirishdan tortib qayta ishlash, ip kalava ishlab chiqarish, toʻqish, ranglash, tayyor mahsulot ishlab chiqarishga qadar jarayonlarni qamrab olgan yirik loyihalarni amaliyotga joriy etish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.

13.09.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing