Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Murojaatlar eʼtiborsiz qoldirilmaydi
599
Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-maydagi 341-sonli qarori talablari asosida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini oʻz vaqtida koʻrib chiqish, qonuniy hal etish va asoslangan javob xatlari yuborish bilan cheklanib qolmasdan, ularni kelib chiqish sabablarini oʻrganish hamda bunday hollarning oldini olishga qaratilib, bu boradagi ishlar tizimli tashkil etilmoqda.

Navoiy viloyati bojxona boshqarmasining ushbu yoʻnalishdagi faoliyatiga nazar tashlaydigan boʻlsak, 2021-yilning 8 oy davomida jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 50 ta murojaat kelib tushgan boʻlib, shundan, 4 ta ogʻzaki, 5 ta yozma shaklda hamda 41 ta elektron virtual murojaatlar qayd etilgan. Murojaatlarning 47 tasi jismoniy shaxslar tomonidan va 3 tasi esa yuridik shaxslar tomonidan yuborilgan. Qilingan murojaatlarning 47 tasiga ham amaldagi normativ huquqiy hujjat talablari asosida tushuntirishlar berilgan.
Xususan, tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarining bojxona toʻlovlarini kechiktirib toʻlash imkoniyatini berish yuzasidan qilinayotgan har bir murojaatlar oʻz vaqtida koʻrib chiqilib, ijobiy hal qilinmoqda.
Shu bilan bir qatorda, viloyat bojxona boshqarmasi tomonidan Tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shugʻullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar ishtirokida doimiy sayyor uchrashuvlar, muloqotlar yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, oʻtkazilayotgan sayyor uchrashuvlar natijasida tadbirkorlarning muammolari oʻz oʻrnida bartaraf etilmoqda. Bu yoʻnalishda ham raqamlarga murojaat etadigan boʻlsak, joriy yilning shu davriga qadar joylarda 26 marotaba tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari va jamoatchilik bilan sayyor uchrashuvlar tashkil qilinib, ularga amaliy yordam koʻrsatilgan.
Shuningdek, kelib tushgan murojaatlar orasida koʻp marotaba “Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona toʻlovlarisiz tovarlarni olib kirish hamda olib chiqishning cheklangan meʼyorlari qanday?”, “Qanaqa texnikalarga imtiyozlar bor?”, “Transport vositasi olib kelsam, qancha toʻlayman?” kabi mazmunni tashkil etadi. Bu kabi murojaatlarga ham viloyat bojxona boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan fuqarolarga amaldagi qonunchilik talablari asosida tushuntirishlar berilmoqda.
Shundan kelib chiqib, bojxona sohasida tartibga soluvchi qonun hujjatlarga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni fuqarolar va tadbirkorga tushuntirish-targʻibot ishlari kuchaytirilib boriladi. Bojxona sohasiga doir murojaatlar yuzasidan istalgan vaqtda Davlat bojxona qoʻmitasining qisqa 11-08 hamda viloyat bojxona boshqarmasining (79) 223-08-65 raqamli ishonch telefolariga murojaat qilish mumkinligini eslatib oʻtamiz.

13.09.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing