Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Sumka ichiga yashirilgan patronlar fosh boʻldi
722
Maʼlumki jangovor oʻq-dorilarni respublikamiz hududiga noqonuniy olib kirish kontrabanda jinoyati hisoblanib, buning uchun jazo muqarrarligi belgilangan.
Sumka ichiga yashirilgan patronlar fosh boʻldi

Biroq, bojxona chegaralari orqali kontrabanda predmetlari hisoblanuvchi jangovor oʻq-dorilarni fuqarolar tomonidan olib oʻtishga boʻlgan urinishlar afsuski uchramoqda.
Jumladan, Surxondaryo viloyati viloyati bojxona boshqarmasi “Sariosiyo” chegara bojxona postiga qoʻshni mamlakatdan kirib kelgan xorij fuqarosi M.A. ning qoʻl sumkasi belgilangan tartibda bojxona nazoratidan oʻtkazildi.
Natijada, skaner tasvirlari qoʻl sumkasi ichida shubhali jism borligini koʻrsatdi. Ushbu shaxsning qoʻl sumkasi bojxona koʻrigidan oʻtkazilganida, sumka ichida kontrabanda predmeti hisoblanuvchi 1 dona SVD miltigʻining va 3 dona AKS, AK-47, AKM rusumli avtomatlarning jangavor patronlari borligi aniqlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

14.09.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing