Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
275 million soʻmlik sigaretlar savdosi “pishmay” qoldi
639
Tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli tarzda kurash olib borilmoqda.
275 million soʻmlik sigaretlar savdosi “pishmay” qoldi

Jumladan, Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga karshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari tomonidan Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari bilan oʻzaro hamkorlikda “Toshkent-Termiz” katta magistral yoʻlida tezkor tadbir oʻtkazishdi.
Tadbir davomida, fuqaro Q.I. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtotransport vositasi toʻxtatilib, oʻrnatilgan tartibda koʻzdan kechirildi.
Natijada, avtoulovda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtganligini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari va aksiz markalari boʻlmagan, jami 17500 quti tamaki mahsulotlarini 275 mln. soʻmga noqonuniy tarzda sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qoʻlga olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

14.09.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing