Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
“Bobur” bojxona postida tadbirkorlarga tunu kun xizmat koʻrsatilmoqda
44
Bugungi kunda mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini yanada liberallashtirish, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb etish, milliy mahsulotlarimizni eksport salohiyatini oshirish, mahalliy mahsulotlarni tashqi bozorlarga chiqarish va tadbirkorlarga qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish borasida muhim islohotlar oʻtkazilmoqda.
“Bobur” bojxona postida tadbirkorlarga tunu kun  xizmat koʻrsatilmoqda

Buni birgina Andijon viloyati bojxona boshqarmasi “Bobur” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti tomonidan amalga oshirilgan ishlarning raqamlardagi ifodasida koʻrishimiz mumkin.
Jumladan, joriy yilning oʻtgan 8 oyi mobaynida bojxona postida 10 613 ta bojxona yuk deklaratsiyalari rasmiylashtirilib, ular boʻyicha 162 mlrd. 989 mln. soʻmlik bojxona toʻlovlari davlat byudjetiga oʻtkazildi.
Mazkur davr mobaynida 201,103 mln. AQSH dollari miqdoridagi tovarlar xorijiy mamlakatlar bozorlariga yoʻnaltirildi.
Mazkur koʻrsatkich 2020-yilning mos davriga nisbatan 35,33 mln. AQSH dollari yoki 21 foizga oshdi.
Tovarlar 25 ga yaqin davlatlarga eksport qilingan boʻlib, asosiy hamkor davlatlar Qirgʻiziston, Rossiya, Xitoy, Turkiya, Belarussiya, Germaniya, davlatlari hisobiga toʻgʻri kelmoqda.
Eksport qilingan asosiy tovarlar: toʻqimachilik, metallar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar, oziq-ovqat va meva-sabzavot mahsulotlari hisobiga toʻgʻri kelmoqda.
Birgina qishloq xoʻjalik maʼsulotlariga eʼtibor qaratadigan boʻlsak, joriy yilning 8 oyi davomida 12,969 mln. AQSH dollaridagi poliz va qishloq xoʻjalik mahsulotlarini eksport qilinishiga erishildi.
Shu bilan birga, bojxona postida jami 2249 ta bojxona koʻrigi jarayonlari amalga oshirilib, 10 613 ta bojxona yuk deklaratsiyalari rasmiylashtirildi.
Bojxona yuk deklaratsiyalarini Xavfni boshqarish axborot tizimi boʻyicha yoʻlaklar kesimida tahlil qiladigan boʻlsak, deklaratsiyalarning 2454 tasi (24 %) “yashil yoʻlak”, 5582 tasi (52%) “sariq yoʻlak”, 2577 tasi (24 %) “qizil yoʻlak” tartibida rasmiylashtirilgan.
Bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi jarayonida yaratilgan qulayliklar tadbirkorlar tomonidan, ayniqsa eksportyorlar tomonidan toʻla qoʻllab-quvvatlanmoqda.
Umuman olganda, post xodimlari mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy islohotlarga hamohang tarzda oʻzlariga yuklatilgan xizmat vazifalarini vijdonan, halol bajarib, tunu kun mamlakatimiz ravnaqi yoʻlida oʻz hissalarini qoʻshib kelishmoqda.


B.Bobojonov
“Bobur” TIF posti boshligʻi,
bojxona xizmati mayori

14.09.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing