Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Sarhisob: 3,5 ming tonnadan ortiq xalqaro joʻnatmalar bojxona nazoratidan oʻtkazildi
256
Pochta xizmati muhim strategik ahamiyatga ega boʻlib, har qanday ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, epidemiologik vaziyatlarda ham pochta xizmatiga boʻlgan talab va taklif hech qachon toʻxtab qolmaydi. Aksincha, doimiy ravishda oʻsib boradi. Bu esa bojxona sohasi xodimlaridan doimiy ravishda oʻz ustida ishlashni, tizimga yangi innovatsion texnologiyalarni joriy qilishni, pochta xavfsizligini taʼminlash kabi muhim yoʻnalishlarni doimiy takomillashtirishni talab etadi.
Sarhisob: 3,5 ming tonnadan ortiq xalqaro joʻnatmalar bojxona nazoratidan oʻtkazildi

“Boshpochtamt” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti. Bu yerda turli mamlakatlardan yurtimizda yashovchi fuqarolar nomiga kelgan hamda fuqarolarimiz tomonidan xorij davlatlariga joʻnatilayotgan xalqaro pochta va xalqaro kuryerlik joʻnatmalarining bojxona nazorati amalga oshiriladi.
Mazkur bojxona posti Toshkent shahrining Sirgʻali tumanida joylashgan. Bugungi kunda bojxona postida 20 ga yaqin bojxona xodimlari xizmat qilishadi.
Bojxona postining “Xalqaro pochtamt” bojxona punkti ham mavjud.
Bojxona postida bojxona nazorati jarayonlari avtomatlashtirilgan shaklda amalga oshirilib, koʻrik jarayonlarida zamonaviy rengent qurilmalaridan foydalaniladi.
Joriy yilning oʻtgan 8 oyi mobaynida bojxona postida 3,7 ming tonna halqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarining bojxona nazorati amalga oshirilib, 244,2 mlrd. soʻmlik bojxona toʻlovlari davlat byudjetiga oʻtkazildi.
Bojxona postida 6 946 ta bojxona yuk deklaratsiyalari rasmiylashtirilib, xavfni boshqarish tizimi doirasida tovarlarga rasmiylashtirilgan bojxona yuk deklaratsiyalariga nazar solsak, ularning 21,4 foizi qizil, 49,8 foizi sariq hamda 28,8 foizi yashil yoʻlaklarda soddalashtirilgan tartibda bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan oʻtkazildi.1 275 ta bojxona koʻrigi jarayonlari amalga oshirildi.
Bojxona postida bir kunda oʻrtacha 15-18 tonna halqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari bojxona nazoratidan oʻtkaziladi. Bu bir kunda 7000-7500 dona halqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari degani.
Bojxona postida huquqbuzarliklarga qarshi kurash borasida ham tizimli kurash olib borilmoqda.
Xususan, post xodimlari tomonidan boshqarmaning tezkor tarkibiy tuzilmalar bilan hamkorlikda 101 ta holatda 517,9 mln. soʻmlik tovar-moddiy boyliklar,shuningdek 6 kg.dan ortiq giyohvandlik vositalari, 3 kg.ga yaqin psixotrop moddalar, jumladan 249 dona shunday turdagi tabletkalarning noqonuniy kirib kelishining oldi olindi.
Bojxona postida xalqaro pochta va xalqaro kuryerlik joʻnatmalarining bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi jarayonida yaratilgan qulayliklar fuqarolarga manzur boʻlmoqda.
Post xodimlari esa mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy islohotlarga xamohang tarzda oʻzlariga yuklatilgan xizmat vazifalarini vijdonan, halol bajarib, tun-u kun mamlakatimiz ravnaqi yoʻlida oʻz hissalarini qoʻshib kelishmoqda.


Tolibjon Saidov,
Toshkent shahar bojxona boshqarmasi boshligʻi

15.09.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing