Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Аyol bojxona xodimlari ham bir safda xizmat qilmoqda
340
Soʼngi yillarda jamiyatimizda gender tenglikni taʼminlash, ayollarning ijtimoiy va siyosiy hayotdagi rolini yanada oshirish boʼyicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, ayollarning barcha sohalarda ularning hayotda huquqlarini tenglashtirish toʼgʼrisida bir nechta normativ hujjatlar qabul qilindi. Bu borada Prezidentimizning xotin-qizlar huquqlarini taʼminlash, gender tengligi va ayollarni turli zoʼravonliklardan himoya qilish, ayollar oʼrtasida tadbirkorlikni rivojlantirish toʼgʼrisidagi farmon va qarorlari alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Bundan tashqari, faqat huquqiy normalar qabul qilinibgina qolmay, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tarkibida ayollar huquqlarini taʼminlash va ularni har tomonlama qoʼllab-quvvatlash boʼyicha milliy qonunchilikda xalqaro standartlarni uygʼunlashtirish bilan shugʼullanuvchi “Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʼmitasi” faoliyati yoʼlga qoʼyildi.

Mamlakatimizning barqaror rivojlanishida har bir ayol oddiy kuzatuvchi emas, balki mamlakatda olib borilayotgan oʼzgarishlarga oʼzlarining hissasini qoʼshib, ushbu oʼzgarishlarda oʼzaro faol ishtirokchi boʼlishi zarur. Bunda ayollarning turli seminar, davra suhbatlari va konferentsiyalarda ishtirok etishlari taʼminlanib jamiyatda ayollarning oʼrni, gender tengligi va mamlakatimizda hamda butun jahonda ayollar huquqlarining kafolati boʼyicha olib borilayotgan islohotlar mazmuni yetkazilmoqda.

Bu borada bojxona tizimida xizmat qilayotgan ayol xodimalarning gender tengligi boʼyicha huquqiy savodxonligi va ularning huquqlari kafolati muntazam tushuntirib borilmoqda. Fargʼona viloyati bojxona boshqarmasida bir safda xizmat olib borayotgan ayol bojxona xodimlari barcha xodimlar singari mamlakatimiz iqtisodiy xavfsizligini taʼminlash, kontrabanda predmetlari va tovar-moddiy boyliklarining noqonuniy kirib kelishini oldini olishda chegara bojxona postlarida oʼzlarining xizmatlari bilan munosib hissa qoʼshishmoqda. Bundan tashqari xorijga ketayotgan ayollar bilan muntazam odam savdosini oldini olish, gender tengligi va bojxona tartib taomillari boʼyicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Mamlakatimizda gender tengligini va ayollar huquqlarining kafolatlanishi boʼyicha bir qator normativ-huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi xotin-qizlarga nisbatan hurmat va ehtiromni yanada yaxshilashga, jamiyatning boʼgʼini boʼlgan oilalar tinchligini taʼminlashga xizmat qilmoqda.

10.10.2021

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing