Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Jizzaxda “Bojxona malikalari” koʻrik tanlovining viloyat bosqichi gʻoliblari aniqlandi
246
Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan eʼlon qilingan “Bojxona malikalari” koʻrik-tanlovining Jizzax viloyati bosqichi oʻtkazildi.

Bugun yurtimizda ayollarning jamiyatdagi oʻrni va rolini oshirishga yuqori baho berilib, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, xotin-qizlarimizning bilimli, malakali kasb egalari boʻlishlari ustuvor vazifalardan biri deb belgilandi.

Ushbu jihatlarni eʼtiborga olgan holda Jizzax viloyati bojxona boshqarmasida “Bojxona malikalari” Respublika koʻrik tanlovining viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi. Unda boshqarma markaziy apparati va bojxona postlaridan jami 4 nafar ayol xodimlar ishtirok etishdi.

Qiziqarli bahs va shartlar asosida tashkil etilgan mazkur tanlovda “Uchtoʻrgʻon” chegara bojxona posti xodimi G.Rustamova gʻolib deb topilib, boshqarmaning diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

22.02.2022

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing