Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
“Bojxona malikalari” respublika koʻrik tanlovining Buxoro viloyati bosqichi oʻtkazildi
244
Buxoro viloyati bojxona boshqarmasida tizimda faoliyat yuritayotgan xotin qizlar oʻrtasida tashkil etilgan “Bojxona malikalari” tanlovining viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi.

Mamlakatimizda gender tenglikni taʼminlash, ayollarning ijtimoiy va siyosiy hayotdagi rolini oshirish boʻyicha bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Mazkur tanlov xam bojxona tizimida faoliyat yuritayotgan ayol xodimlarni qoʻllab quvvatlash, ularning jamiyatdagi ijtimoiy faolligini oshirish kasbiy bilim va iqtidorlarini yuzaga chiqarish maqsadini oʻz oldiga qoʻygan boʻlib, tanlovning viloyat bosqichida 4 nafar opa singillarimiz faol qatnashishdi.

“Bojxona malikalari”tanlovining viloyat bosqichi gʻolibligiga “Olot” chegara bojxona posti inspektori Shahodat Gʻiyosova erishdi hamda tanlovning Qashqadaryo viloyatida boʻlib oʻtadigan hududiy bosqichida qatnashish imkoniyatini qoʻlga kiritdi. Shu kuni tadbirning barcha ishtirokchilariga boshqarmaning faxriy yorliq va sovgʻalari topshirildi.

22.02.2022

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing