Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Iymonani pullagan Soliha
1380
2017 yil 3 avgust kuni Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi hodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar vakillari bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor tadbir davomida yaqindagina tug‘ilgan va shaxsini tasdiqlovchi birorta hujjati bo‘lmagan qizalog‘ini 5 mln. so‘mga sotayotgan paytda - jinoyat ustida qo‘lga olingan ayol haqida xabar berilgan edi.
Iymonani pullagan Soliha

Mazkur holat yuzasidan Iymona ismli qizaloqning onasi Soliha Mirzayevaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

Yaqinda Jinoyat ishlari bo‘yicha Karmana tumani sudi tomonidan ayolning chin ko‘ngildan pushaymonligi va mahallaning kafilligi ostida ushbu qizaloqni tarbiyalashiga sharoit yaratish maqsadida Soliha Mirzayeva 4 yil muddatga ozodlikdan cheklash jazosi bilan jazolandi.

Navoiy viloyati bojxonachilari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda shunga o‘xshash yana bir qonunbuzarlik holatiga chek qo‘yishdi.

Fuqaro Bozorov (ism, familiyalar o‘zgartirilgan) o‘zining jinoiy faoliyatini amalga oshirish uchun fuqaro Sotvoldiyeva bilan jinoiy til biriktirib, uning 5 kunlik farzandini notanish shaxsga 4 600 000 so‘mga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Мазкур ҳолат юзасидан Ўзбекистон Республикаси Жиноят кодексининг 135-моддаси 3-қисми “а” бандидага кўра жиноят иши қўзғатилди.

Мазкур ҳолат юзасидан суриштирув ва тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Навоий вилояти

божхона бошқармаси

Ахборот хизмати

7.02.2018

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing