Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
Namanganda bojxonachi ayollar hayriya tadbirlari oʻtkazishdi
328
Butun musulmon ahli uchun muqaddas ayyom — muborak Ramazon hayitining xalqimiz hayotidagi beqiyos oʻrni, jamiyatimizda oʻzaro hurmat, mehr-oqibat, saxovat va shukronalik kabi oliyjanob qadriyatlarni qaror toptirishda ulkan ahamiyatga ega.
Namanganda bojxonachi ayollar hayriya tadbirlari oʻtkazishdi

Shu ezgu niyat bilan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasida uzoq yillar xizmat qilgan, xozirda nafaqada farzandlari baxti kamolini surib yurgan G.Isamiddinova, L.Umarova, E.Abdullayeva va N.Fedotovalarni boshqarma ayollari yaqinlashayotgan Ramazon hayiti bayrami bilan tabriklab, oilalaridan xabar olishdi.

Fahriylarimiz bojxonachi qizlar bilan ishlagan davrlarini eslashdi. Bojxonachi qizlar Prezidentimiz tomonidan bojxona xodimlariga berilayotgan eʼtibor toʻgʻrisida toʻlqinlanib gapirib berishdi. Fahriylar xozirda bojxona tizimida boʻlayotgan oʻzgarishlarni OAVlarida va ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib borishayotganligini va bundan xursand ekanliklarini eʼtirof etishdi.

29.04.2022

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing