Tadbirkorlar va TIF
ishtirokchilari uchun doimiy
ishonch telefoni
11-08
"MEHR VA SADOQAT TIMSOLIGA AYLANGAN SHOIRAGA EHTIROM”
331
Xalqimiz Oʻzbekiston xalq shoirasi, taniqli jamoat arbobi Zulfiya Isroilovaning sheʼrlarini sevib mutola qilishadi.

Shu munosabat bilan Toshkent shahar bojxona boshqarmasining Xotin-qizlar va erkaklarning teng huquq hamda imkoniyatlarini taʼminlash masalalari boʻyicha Maslahat kengashiga aʼzo bir guruh xodimalari poytaxtimizning Adiblar xiyoboniga tashrif buyurishdi.

Tashrifda shoira Zulfiyaxonimning ijodi, samarali va ibratli faoliyati, qoldirgan maʼnaviy merosi xotirlandi.

Bir soʻz bilan aytganda, shoira sadoqat va vafo timsoli sifatida butun oʻzbek ayollari uchun naʼmuna boʻla oladi. U nafaqat adabiyotimiz va sheʼriyatimizda, balki xalqimizning xotirasida ham abadiy yashaydi.

5.04.2022

Eshitish uchun matnni belgilang va ushbu tugmani bosing